Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
 
3-sinf. 
Sport turlari va sport haqida ma’lumot. 
Gimnastika. 
Gimnastikaning uch turi mavjud: 
1. Asosiy gimnastika (gigiyenik gimnastika). 
2. Sport gimnastikasi. 
3. Gimnastikaning amaliy turlari. 
Gimnastikaning bu turlari ham, o’z navbatida, bir necha turga bo’linadi. 
Chunonchi, asosiy gimnastika quyidagilardan iborat: 
a) safga turish;
b) umumrivojlantiruvchi mashqlar;
d) gigiyenik gimnastika.
Sport gimnastikasi quyidagilarga bo’linadi:
a) sport gimnastikasi
b) akrobatika;
d) badiiy gimnastika.
Gimnastikaning amaliy turlari quyidagilardan ibotat:
a) ish joylarida bajariladigan gimnastika; 
b) davolashda qo’llaniladigan gimnastika; 
d) amaliy-kasbiy gimnastika. 
Sport gimnastikasi. 
Sport gimnastikasi bilan o’g’il bolalar va qizlar alohida-alohida shug’ullanadilar. 
Bunda har-xil asbob-anjomlardan foydalaniladi. O’g’il bolalar shugullanadigan asbob-
anjomlar va mashlarning turlari: turnik, qo’shpoya, gimnatika halqasi, kozyol, dastakli 
kozyol, erkin mashq. Qiz bolalar shug’ullanadigan asbob-anjomlar va mashqlarning 
turlari: past-baland turnik, yakkacho’p, sakrash uchun kozyol, yerkin mashq. Hozirgi 
vaqtda barcha viloyatlarda gimnastika to’garaklari ochilgan va ularda qulay sharoit 
yaratilgan. Bu shug’ullanuvchlar sonini keskin ravishda oshiradi va bo’lg’usi 
g’alabalarga zamin yaratdi. Natijada Galina Shamray, Sergey Diamidov, Yelvira Saadi, 


54
Oksana Chusovitina Anton fokin kabi gimnastikachilarmiz Olimpiya o’yinlari va 
boshqa nufuzli musobaqalarda g’olib chiqishdi.
 
Badiy gimnastika. 
Badiy gimnastika - nafis, nozik harakat, egiluvchanlik, epchllik, 
cho’ziluvchanlik, go’zallik singari ajoyib harakatlarni namoyish etadigan sport turi. 
Mashg’lotlar paytida shug’ullanuvchilar musiqa sadolari ostida nozik, nafis, go’zal va 
murakkab harakatlarni bir maromda bajarib chiqishadi, egiluvchanlikni
rivojlantirishadi, sog’iqlarini mustahkamlashadi. Ularning qad-qamoti kelishgan, 
go’zal, yurishlari chiroyli, harakatlari nozik va epchil bo’ladi. 
O’tgan asrning 60-yillarida mamlakatimizda badiy gimnastika bo’yicha sport 
ustalari paydo bo’ldi. Ular orasida o’zbek qizi Y. Holmurodova ham bor edi. 1964-yilda 
yurtimizda badiy gimnastika bo’yicha nufuzli musobaqa o’tkazildi. Venera Zaripova
Amina Zaripova kabi mohir gimnastikachilarimiz jahon chempionati va boshqa nufuzli 
musobaqalarda g’olib chiqishgan. Hozirgi vaqtda ularning izdoshlari soni ortib 
boryapti.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin