Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Grek-rim kurashi kurash - insoniyatga ma’lum eng qadimiy sport 
turlaridan sanaladi. Qadimgi misr obidalarining devorlarida pahlavonlar olishuvlaridan 
yuzlab lavhalar tasvirlangan. Ularda bizning kurashimizga xos bo’lgan deyarli barcha 
ushlash usullari va turishlar tasvirlangan. Shunday qilib, kurash bundan taxminan 2500 
yil avval ham ma’lum va mashhur sport turi bo’lgan lekan! Shu bilan birga, kurash 
bahodir Tezey tomonidan kashf etilgani haqida ham
ma’lumot bor. Qadimgi yunon sport turlari tizimida kurash muhim mavqega ega 
bo’lgan. Yunonlarning eng zo’r kurashchisi krotonli Milon mamlakat 
chempionatlarida32 marta g’alaba qozongan va Olimpiyadalarda 6 bora birinchilikni 
qo’lga kiritgan. O’zbekiston kurashchisi Egamberdi Rizayev o’z vazni toifasi bo’yicha 
1-o’rinni egallagan. Hozirgi vaqtda grek-rim kurashi bo’yicha D.Oripov jahon 
chempioni bo’ldi. Kurashchilarimiz o’zlarining sport mahoratlarini oshirish bilan 
birgalikda nufuzli Osiyo, jahon, Olimpiya o’yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilib, 
davlatimiz dovrug’uni butun dunyoga tanitib kelmoqdalar. Grek-rim kurashi boshqa 
kurash turlaridan o’zining ushlash usullari bilan farqlanadi. Bu kurashda faqat bel va 
beldan yuqorida ushlashga ruxsat etiladi. Hozirgi kunda ko’pgina yoshlar mazkur 
kurash turi bo’yicha o’z mahoratlarini oshirmoqdalar.
  Tennis o’yini tarixi ham uzoqlarga borib taqaladi. Bu o’yin avval yunonlarda
so’ng Rimda paydo bo’lgan, keyinchalik fransuzlarnikiga aylanadi.
"Tennis" so’zi fransuzcha so’z bo’lib "teniz!" ya’ni "O’ynang" ma’nosini 
anglatadi. Bu o’yin XIII, XIV va XV asrlarda butun fransiya bo’ylab keng tarqalgan va 
u hatto qirollar o’yini deb ham atalgan ‘di. 1529-yilga kelib, qirol Genri VIII 
(hozirgacha foydalanib kelinayotgan) tennis kortini qurdilar. 
O’n oltinchi asrda yog’ochdan yasalgan raketalar paydo bo’ldi. Tennis 
o’yinidagi geymlar hisobi o’sha davrdagidek: 15,30,40 hisobida olib boriladi (agar 
hisob 40:40 bo’lsa ko’p-oz sistemasi qo’llaniladi).
Turkistonga tennis XX asrning birinchi o’n yilligida kirib keldi.Toshkentda 
birinchi tennis maydoni 1903-yilda qurildi, keyinchalik Farg’ona,Qo’qon, Samarqand 
va boshqa joylarda ham barpo etildi. 
1991-yildan Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yanada 
katta ye’tibor berila boshlandi. Ayniqsa, 1998-yil 11-sentyabrdagi "O’zbekiston 
Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 392-sonli 
qarorning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. 


58
Hozirgi vaqtda Respublikamizning ko’pgina viloyat markazlarida tennis 
maydonlari qurilib, ishga tushurildi. Ularning soni 74 ta dan oshib ketdi. Ularning 
barchasida bo’lajak chempionlarimiz shug’ullanmoqda.
Toshkentda tennis bo’yicha har yili "Prezident kubogi"ning o’tkazilishi, 
"Chelenjer", "Toshkent open" va Andijon, Farg’ona, Namangan, Samarqand, 
Qarshidagi "Setellit" turnirlari o’tkazilishining tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lmoqda. 
Ularda bizning kuchli sportchilarimizdan O.Ogorodov, Kusenko, D.Tomoshevich, 
D.Mazur, R.G’aniyev, I.To’laganova, D.Istomin, o.Omonmerodova. Shuningdek, 
boshqa yosh iste’dodli sportchlar qatnashib sovrinli o’rinlarni egallamoqdalar. Bu 
tadbirlar iqtidorli yosh tennischilarning etishib chiqishiga salmoqli hissa qo’shmoqda.


Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin