61
markazlardagi chiziqlarda saflanadilar. Ular bir-birlariga qarab yoki yon tomonlari
bilan, yoki "uylari"ga qarab saflanishadi.
O’qituvchi to’satdan "kun!" deb buyruq beradi. Bunda "tun" jamoasining
o’yinchlari o’z "uylari"ga qochishlari, "kun" jamoasining o’yinchilari
ularni tutishlari
lozim. Shundan so’ng tutilgan o’yinchilar sanaladi va ular yana jamoasiga qaytib
keladilar. Jamoalar yana markazdagi chiziqlarga saflanadilar. O’yin davom ettiriladi.
O’qituvchi "tun" buyrug’ini berganida "kun" jamoasining o’yinchilari o’z "uylariga
qochadilar. O’yinda ko’proq o’yinchilarni tutgan jamoa g’olib hisoblanadi.
Yugurish estafetasi. O’yinchilar uch jamoaga bo’linib, maydonda saflanadilar.
Maydonning bir tomoniga start chizig’i chiziladi. Undan 15-20 m nariga orasi 1,5 m
dan qilib uchta chambarak qo’yiladi.
O’qituvchining buyrug’i berilgach, jamoaning birinchi o’yinchilari
startdan
yugurib chiqadilar, ro’paralaridagi chambaraklarni aylanib, so’ng o’ng
tomondan
orqalariga qaytadilar va startda turgan navbatdagi o’yinchilarning kaftlariga qo’llarini
tekkizadilar va o’z joylariga borib turadilar. Navbatdagi o’yinchilar ham o’yinni xuddi
shu tarzda bajaradilar. O’yin 2-3 marta takrorlanadi. Yugurishni boshqalarga nisbatan
oldinroq bajargan jamoa o’yinda g’alaba bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: