Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish talablari



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish talablari 
Jismoniy tarbiya darsining samarali o’tlishi o’qituvchining dars rejasini to’g’ri 
tuzilishga bog’liq. Shuningdek o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini tashkil etishdagi 
tanlagan uslubiyatiga, dars uchun zarur bo’lgan jihozlarning mavjudligiga, sport 
inshootlarining holatiga va umrdan samarali foydalana olishga bog’liq. Tushunarli kilib 
aytilganda darsni samarali tashkil etish va o’tkazish uchun to’laqonli ta’minlangan 
bo’lishi kerak. Dars o’tkazishni ta’minlanishi quyidagilardan iborat. 
1.Dars uchun tabbiy va gigiyenik sharoitni yaratish unga rioya qilish. Ya’ni dars 
utiladigan joyni tozaligi, havo temperaturasini normal ekanligi, sport zal yoqi maydonni 


73
toza havo bilan ta’minlanganligi, o’qituvilarni sport kiyinlarida bo’lishi kabilar nazarda 
to’tiladi. 
2.Darsni moddiy texnik jihatdan ta’minlanganligi. Darsni moddiy texnik 
ta’minlash bu dars samaradorligi ta’minlashga imkon beradigan, qo’yilgan vazifalarni 
to’liq hol qilish uchun xizmat qiladigan jihozlar, anjomlar va dars joyi tushuniladi. 
3.O’qituvchi tomonidan darsda o’quvchilar faoliyatini tashkil etishni eng to’g’ri 
samarali usullarni ko’llay olishi, dars zizligini oshiradi, samaradorligini ta’minlaydi. 
Jismoniy tarbiya darsini tuzilishi 
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq masalalarning eng asosiylaridan biri bu 
darsning tuzilishidir. Darsning to’zilishi, dars strukturasi degan atamalar 1940 yillarda 
pedagogikaga kirib kelgan.
Darsning tuzilishi – bu dars qismlari soni, ularni ketma ketligi va mazmuni, 
davomiyligidir – deb ta’rif berish mumkin. 
Darsni tuzilishiga oid maxsus-ilmiy adabiyotlarda mutaxasislar tamonidan turiga 
fikrlar bildirilgan. Masalan ba’zi mutaxasislar darsni kirish – tayyorlov – asosiy – 
yakuniy qismlardan iborat deb biladilar. Yana bir qator mutaxassislar jismoniy tarbiya 
darslari tashkiliy – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb hisoblanadi. 
Ammo bunday baxs – munozara va fiqrlarga chek qo’yilgan. Bugungi kunda 
jismoniy tarbiya darslarituzilishiga ko’ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov 
qismi, darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi.
Darsning tayyorlov qismida o’quvchilarni har tomonlama darsni asosiy qismida 
bajarilishi lozim bulgan asosiy vazifalarga tayyorlab olishdan iborat bo’lib bu qismga 8 
– 12 minut ba’zan ko’prok vakt rejalashtiriladi. 
Darsning asosiy qismida o’qituvchi tomonidan to’zilgan dars ishlanmasiga ko’ra 
sinfda jismoniy tarbiyadan o’quv dasturida belgilangan yangi mashqlar o’qtiriladi, yoqi 
avval o’qitilgan mashqlar takrorlanadi, takomillashtiriladi. Jismoni tarbiya darslarini 
asosiy qismi uchun 25-30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Darsni asosiy qismini tashkil etish turli xil bo’lishi mumkin. Ya’ni jismoniy tarbiya 
bo’yicha DTS va o’quv dasturi bo’limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, 


74
sport o’yinlari, harakatli o’yinlar) ni o’quv materialini o’qitish darsni asosiy qismini 
turli usullarda tashkil etishni talab etadi. 
Darsni yakuniy qismi uchun 3-5 daqiqa sarflanadi. Unda darsni asosiy qismida 
o’quvchilar olgan jismoniy nagruzka holati pasaytiriladi, yengil mashqlar bilan 
yakunlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lsa topbeh beriladi, baholanadi va 
uyga vazifa beriladi. Uyushgan holda dars utilgan joydan chikib ketiladi. Dars 
qismlarini to’g’ri tashkil etilishi darsni uzliksizligini va samaradorligini ta’minlashga 
katta imkoniyatlar yaratib beradi.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin