4
2. O’zbekistonda Mramor ishlab chiqaruvchi
korxonalarning faolyati va ularda paydo bo’ladigan
ifloslangan oqava suvlar
Marmar - mayda, o'rtacha va yirik donador zich tog' jinsi bolib.
ohaktosh va dolomitlarni yuqori bosim va harorat ta'sirida
metamorflzmga uchrashidan hosil bo'lgan. Sof marmar oq rangda,
minerallar aralashsa yashil. qizil, kulrang, qora va qoramlir bo'lishi
mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi mar-
mar teksturasi turli gulli boMishiga sababchidir.
Marmar zichligi
2,8 g/sm\ suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi mustah-
kamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4. Marmar oson qayta
ishlanadi va jilolanadi. Marmar qurilishda ichki va tashqi devorlarni
bezashda, zinapoya. deraza tokchalari,
chiqindilari esa koshinkor
beton buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayyorlashda ishlati-
ladi. Marmar bino va inshootlarning tashqi bezagi uchun ishlatil
ganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta'sirida
jilosini yo'qotib boradi. Marmar O'zbekistonning Nurota, Qurama,
Chotqol tog" tizmalarida ko'plab uchraydi. Shulardan eng mashhuri
Nurota marmar konlari tizimidir. Toslikent shahridagi Alislier Navoiy
nomli teatr, «Istiqlol» saroyi binolari mahalliy marmar toshlar bilan
bezatilgan.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog'
jinslarini va Marmar
turli mexanika usullar bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Bu
usullarga maydalash, yorish, arralash kabilar kiradi. Xususiy
hollarda esa tog' jinslari portlatish usulida qazib olinishi mumkin.
Ishlov berish usullariga ko'ra tabiiy tosh materiallari quyidagi
turlariga bo'linadi: qo’pol ishlov berilgan (Marmar xarsangtosh.
chaqiqtosh. shag'al va qum);
buyum va profilli qismlar; to'g'ri
shakldagi tosh va bloklar; yuzasiga ishlov berilgan plitalar (devor va
pollarni bezashda); yo'l qurilishi buyumlari (bordyur toshlari,
bruschatka) va h.k.
Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomat-lashgan
liniyalarda ishlov beriladi. Tosh yuzasi pnevmatik asbob yordamida
5
tirnalib (urib) yoki abraziv usulda silliqlanib ishlanishi mumkin:
tosh yuzasi to'lqinsimon (qabariq-chuqur). riflangan, egatsimon,
g'adir-budur (nuqtasimon) ko'rinishda qayta ishlanishi mumkin.
Toshga
abraziv ishlov berish qirqish, frezerlash, shlitlash va
polirovkalash (jilolash) jarayonlarini o'z ichiga oladi (2.2-rasm).
Marmar, ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash
uskunalarida qirqiladi. Odatda,
arra olmos, korborund yoki qattiq
qotishmalar bilan qoplangan bo'ladi. Olmos keskichlar yordamida
tosh juda yupqa (5—10 mm) qirqiladi, lnr toshdan 40—45 m
2
plita tayyorlash mumkin. G'ovak toshlardan
donali devorbop tosh
va bloklar tosh qirqish mashinasi yordamida qirqib oiinadi.
Profilli buyumlar (karniz, zinapoya, deraza osti plitalari va sh.k.
lar) toshga ishlov berish zavodlarida frezerli va universal profil
beruvchi mashinalar vositasida tayyorlanadi.
Tosh yuzasini jilolash shlitlash stanoklarida abrazivlar (korbo-
rund, olmos kukunlari) yordamida, mo'yli
disk bilan mastika va
xrom, qalay, temir oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: