O’zbeksiton Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti Qurilishni boshqarish fakultetiti



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix02.04.2023
ölçüsü451,38 Kb.
#92586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
-eferat-1.-sanoat-korxonalarida (1)

4. Oqava ifloslangan suvlar 
Hozirgi paytda suv havzalarining ifloslanishining oldini olishga 
juda katta ahamiyat berilmoqda. Maishiy-xo‘jalik va sanoat 
korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ma’lum bir inshootlarda 
tozalanadi va yana suv havzalariga oqiziladi. Shu bilan birga, suv 
havzalarini ma’lum darajada ifloslantiradi. Keyingi yillarda 
hukumat tomonidan suv havzalarining sanitariya holatini 
yaxshilashga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. 
Bu qarorlarda bir qator choralar belgilash va ularni hayotga 
tatbiq qilish mo‘ljallangan. Suv havzalariga oqiziladigan tozalan- 
gan oqova suvlarning tozalash miqdori darajasiga katta talablar 
qo‘yilmoqda. Shu maqsadda suv havzalarining sanitariya holatini 
yaxshilashda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallangan: 
— 
oqova suvlarni tozalovchi kanalizatsiya inshootlari quri- 
lishini jadallashtirish; 
— 
oqova suvlarni yanada chuqurroq tozalash, ularning sifatini 
oshirish; 
— 
sanoat korxonalarining texnologik jarayoni uchun sanoat 
korxonalaridagi tozalangan suvlarni qayta ishlatish yoki bir necha 
bor ishlatish usuliga o‘tish; 
— 
sanoat 
korxonalaridagi 
suv 
xo‘jaliklarini 
butunlay 
tutashtirilgan usulga o‘tkazish bilan suv havzalariga oqova suvlarni 
butunlay oqizmaslik; 
— 
tozalangan oqova suvlarning sanitariya holatini hisobga olgan 
holda sug‘orishda ishlatish; 
— 
sanoat korxonalari texnologik jarayonlarini suv ishlatil- 


11
maydigan jarayonlarga o‘tkazish. 
Kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan ifloslarni quyidagi 
turlarga bo‘lish mumkin: 
— 
mineral chiqindilar; 
— 
organik chiqindilar; 
— 
bakterial chiqindilar; 
— 
radioaktiv chiqindilar. 
Mineral chiqindilar gaquyidagilar kiradi: qum, tuproq zarralari
ruda zarralari, shlak, suvda erigan tuzlar, kislotalar, ishqorlar va 
ularga o‘xshash boshqa moddalar. 
Organik chiqindilar paydo bo‘lish sharoiti va turiga ko‘ra, ikki 
turga bo‘linadi: o‘simliklardan paydo bo‘lgan, jonivorlardan paydo 
bo‘lgan. 
O‘simliklardan paydo bo‘lganlariga o‘simliklar, mevalar, 
sabzavotlar qoldiqlari, qog‘oz, o‘simlik moylari va boshqalar 
kiradi. Buchiqindilar tarkibidagi asosiy kimyoviy modda — 
uglerod. 
Jonivorlardan paydo bo‘lgan chiqindilarga odamlar va 
hayvonlardan fiziologik ajralgan ifloslar, jonivorlarning to‘qima 
qoldiqlari, organic kislotalar va boshqalar kiradi. Bu chiqindilar 
tarkibidagi asosiy kimyoviy modda — azot. 
Maishiy xo‘jaliklardan chiqadigan oqova suvlar tarkibida 
taxminan 60% organic chiqindilar, 40% mineral chiqindilar 
bo‘ladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar tarkibidagi 
chiqindilar miqdori boshqacha bo‘ladi, ularning miqdori korxonada 
ishlov beriladigan mahsulotning turkumi va texnologik jarayoniga 
bog‘liqdir. 
Bakterial ifloslarga tirik mikrojonzotlar — xamirturush, mog‘or 
zamburug‘i, mayda yo‘sin va boshqa har xil bakteriyalar kiradi. 
Maishiy-xo‘jalik oqova suvlarida kasal tarqatuvchi bakteriyalar 
bo‘ladi, dizinteriya, tif, gijja odamlar va hayvonlarning fiziologik 
chiqindilari bilan birga oqova suv tarkibiga tushishi mumkin. 
Sanoat chiqindilaridan chiqadigan oqova suvlar tarkibida ham 
kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin (teri, junlarga 


12
ishlov beradigan korxonalarda, kushxonalar va boshqalar). 
Oqova suvlardagi chiqindilar o‘zining fizikaviy xususiyatiga 
ko‘ra, suv tarkibida erigan, kolloidli, erimagan holatlarda bo‘lishi 
mumkin. 
Oqova suv tarkibidagi erimagan moddalar zarralarining kattaligi 
100 mk dan katta va mayda zarralarining kattaligi 100—0,1 mk 
bo‘ladi. Ilmiy tekshirishlar ko‘rsatishicha, maishiy-xo‘jalik oqova 
suvlar tarkibida erimagan cho‘kindilar miqdori ma’lum miqdorda 
o‘zgarmas bo‘lib, son qiymati bir odamga sutkada 65 g to‘g‘ri 
keladi. 
Oqova suv tarkibida erimagan moddalar bo‘lakchalarining katta-
kichikligi solishtirma og‘irligi hamda oqova suvning oqish 
tezligiga qarab, suv yuzasida suzib yurishi (yog‘, qog‘oz, yog‘och 
bo‘laklari va hakazo), muallaq holatda yoki cho‘kma shaklda 
quvurlarning tubida sudralib oqishi mumkin. 
Oqova suvlardagi aralashmagan moddalar cho‘kadigan va 
cho‘kmaydigan turlarga bo‘linadi. 
Cho‘kadigan moddalar deb 2 soat davomida hajmi 0,5 1 dan 
kichik bo‘lmagan shisha idishda cho‘kadigan moddalarga aytiladi. 
Cho‘kmaydigan moddalar deb 2 soat davomida cho‘kmaydigan 
moddalarga aytiladi. Moddalar tindirgichlarda 2 soatdan oshma- 
gan vaqt davomida cho‘ktiriladi. 
Oqova suvdagi gidrofilli va gidrofabli kolloidlar kolloidli 
eritmani hosil qiladi. Gidrofilli kolloidlar dispersiyali muhit 
zarralarni suv molekulalari bilan birlashtirish qobiliyatiga ega. 
Ular, asosan, organik birikmalardan, katta molekular og‘irlikka ega 
bo‘lgan uglevod, oqsil, sovun, organik moddalar va mikro- 
jonzotlardan tashkil topadi. 
Gidrofabli kalloidlarga loy, temir, alumin oksidlari, kuch- 
sizlantirilgan ko‘mir va boshqalar kiradi. Ular dispersiyali 
zarralarni suv molekulalari bilan birlashtirish qobiliyatiga ega 
emas. 
Oqova suvlarni ifloslantiradigan organik moddalar tarkibida 
uglerodlardan tashqari yana fosfor, kaliy, temir, natriy va xlor tuz 
shaklida bo‘ladi. 


13

Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin