8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining
chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi
hujjatlarni qabul qilish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
Oldingi
tahrirga qarang.
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
(80-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-430-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 406-modda)
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek
davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
Dostları ilə paylaş: