O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir. 73-modda



Yüklə 228,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix03.04.2023
ölçüsü228,55 Kb.
#92833
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

72-modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham
majburiydir.
73-modda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi
mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil
hal qiladi.
74-modda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.
75-modda.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga
keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
BEShINChI BO‘LIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TAShKIL ETILIShI
Oldingi
 tahrirga qarang.
XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
76-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi
hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va
Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati —
besh yil.
77-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
qonunga 
muvofiq
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat
a’zolaridan (senatorlardan) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li
bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti
kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at,
adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida
katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.


Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi
hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar 
qonun
bilan
belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 228,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin