O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 228,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/28
tarix03.04.2023
ölçüsü228,55 Kb.
#92833
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

93-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish,
milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar
ko‘radi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish
ko‘radi;
4) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini
imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va
chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash
uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga
oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
(93-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir
farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatiga taqdim etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh
vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod
qiladi;
(93-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
(93-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son —
2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)


Oldingi
 tahrirga qarang.
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
tasdig‘iga kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-284-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 159-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
(93-moddaning birinchi qismi 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-430-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 406-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va
Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini
tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;
(93-moddaning birinchi qismi 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda
Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi.
Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-
harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod
etishga haqli;
(93-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-284-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 159-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular
qonunchilik normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
(93-modda birinchi qismining 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-671-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini
ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon
qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
tasdig‘iga kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,
epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul
qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli
Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi,
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni
hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan


hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu
masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son,
47-modda)
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga
topshirishga haqli emas.
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

Yüklə 228,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin