O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 228,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix03.04.2023
ölçüsü228,55 Kb.
#92833
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

94-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda
ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar,
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
95-modda.
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib
bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib
bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan
taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy
etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
96-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, qonunga to‘liq muvofiq holda
mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
(96-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
97-modda.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini
egallaydi.
(97-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

Yüklə 228,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin