O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 228,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/28
tarix03.04.2023
ölçüsü228,55 Kb.
#92833
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

102-modda.
Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari
boshqaradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga
muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(102-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ-89-son
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(102-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
103-modda.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga
oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan
javobgardirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim
etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning
vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
104-modda.
Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.
105-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni
(oqsoqolni) saylaydi.
(105-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-498-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son)
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi
qonun bilan belgilanadi.



Yüklə 228,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin