O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 228,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix03.04.2023
ölçüsü228,55 Kb.
#92833
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

85-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik
palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari
yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik
palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish
orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi
bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan
nazoratni tashkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari
ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar,
xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi;
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.
86-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi va uning
o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston
Respublikasining vakili bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz
berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar
umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qarorlariga
binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni
tashkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari
ishi bilan bog‘liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari,
chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat nomidan ish
ko‘radi;
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.



Yüklə 228,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin