Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq
majlisda tinglashga qonunda
belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
114-modda.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
115-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan
joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni
bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish
va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
116-modda.
Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi.
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi
kafolatlanadi.
Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun
advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi
qonun
bilan
belgilanadi.
XXIII bob. Saylov tizimi
Oldingi
tahrirga qarang.
117-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik
organlariga saylash va
saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish
irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi
yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin
ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari
saylash huquqiga egadirlar.
(117-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida
ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar
sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish
joylarida saqlanayotgan
shaxslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(117-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik
organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining
asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik,
kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi tuziladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini
doimiy asosda amalga
oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga
amal qiladi.
(117-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-671-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining
tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli
Qonuniga
asosan
oltinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
Dostları ilə paylaş: