48-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari,
sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
49-modda.
Fuqarolar O‘zbekiston
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga
majburdirlar.
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
50-modda.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
51-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
52-modda.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi
har bir fuqarosining
burchidir. Fuqarolar
qonunda
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga
majburdirlar.
UChINChI BO‘LIM. JAMIYAT VA ShAXS
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
53-modda.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-
xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi
ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Mulkdor faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
54-modda.
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning
huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
55-modda.
Yer,
yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Dostları ilə paylaş: