Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga
qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan
himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi,
tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan
kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor
qilishi mumkin emas.
28-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish,
O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega.
Qonunda belgilangan
cheklashlar bundan mustasnodir.
29-modda.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash,
olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot
va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan
taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
30-modda.
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari va mansabdor
shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa
materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
31-modda.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki
hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: