IKKINChI BO‘LIM. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA
BURChLARI
V bob. Umumiy qoidalar
18-modda.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun
oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos
bo‘lishi shart.
19-modda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari
bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan
huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga
hech kim haqli emas.
20-modda.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga
oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va
jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Dostları ilə paylaş: