“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-2, December - 2022
145
PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNING ELEMENTLARI
Toshkent moliya Instituti, “Moliya” kafedrasi dotsenti Pulatova M.B.
Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Jaloliddin M.N.
Email :
movlonovjaloliddin4@gmail.com
Telefon raqam : (+99890) 904-44-24
Annotatsiya:
Bazaviy inflyatsiya, ochiq bozor operatsiyalari,
Markaziy bank
asosiy stavkasi va majburiy zaxira talablari va qo’shimcha malumotlar.
Kalit so’zlar: Pul-kredit siyosati,
inflyatsiya ,majburiy zaxiralar,
inflyatsion
targetlash, obligatsiyalar
Kirish: Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib
boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali
faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada
mustahkam saqlab turishga
qaratilgan chora-tadbirlari. Pul-kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy
qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi.
Pul-kredit siyosati orqali
muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpaytiriladi, inflyasiyani
pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul-kredit siyosatini olib borishda
pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining boshqaruv vakolatlari
yordamida va pul
emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. Hozirgi kunda pul-kredit siyosati bir qator
yangiliklar olib borilmoqda bulardan, inflayatsiyasi pasaytirish uchun chora tadbirlar,
ochiq bozor operatsiyalari va boshqalar. Bularning barchasini quyidagi asosiy qismda
birma-bir ko’rib o’tamiz.
Asosiy qism: Pul-kredit siyosati va uning elementlari haqida gapiradigan bo’lsak
avvalambor bazaviy inflyatsiya haqida gapirsak mavsadga muvofiq bo’ladi. Bazaviy
inflyatsiya – bu inflyatsiyaning bir qismi bo‘lgan va o‘zida ma'muriy hamda mavsumiy
omillarning narxlardagi ta'sirini hisobga olmagan holda tovar va xizmatlar narxlarining
erkin o‘zgarishini (dinamikasini) aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich
mamlakatdagi inflyatsiya darajasini ma'lum bir davr uchun yaqqolroq ifoda etadi.
Qo’shimcha ravishda Bazaviy inflyatsiya iste’mol savatidagi mavsumiy;
qisqa
muddatlarda narx-navosi tez-tez o’zgarib turuvchi; narx-navosi
davlat tomonidan
tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlarning narxlarini inobat olmaydi. Masalan;
meva-sabzavot tovarlari, suv, gaz, elektr-energiya kabi tovar va xizmat turlari.
Quyidagi rasm orqali inflyatsiya va uning tarkibini ko‘rinishimiz.