Navbatdagi sxemada ro‘yxat ichiga element qo‘yish sxemasiko`rsatilgan.
Bu dasturda elementni qo‘yish ro‘yxatning eng oxiriga qo‘yish
bilan
amalga oshiriladi. Ammo u o‘rtaga qo‘yishdan prinsipial farq qilmaydi.
Tabiiyki, ro‘yxatga yangi element qo‘shishda orientatsiyauchun orientr
maqsadida ro‘yxatning biror elementi olinadi va undan oldin yoki keyin
qo‘yish amalga oshiriladi. Mazkur dasturda qo‘yish tanlangan ob’yektdan
keyin amalga oshiriladi. Qo‘yishda quyidagi
amallar ketma-ketligi
bajariladi:
1. Qo‘yilayotgan elementning prev xossasiga tanlangan elementning
(undan keyin qo‘yish amalga oshiriladigan element)
qiymati
o‘zlashtiriladi.
2. Qo‘yilayotgan elementning next xossasiga tanlangan
elementning next xossasining qiymati o‘zlashtiriladi. 3. Manzili
tanlangan elementning next xossasini saqlovchi elementning prev
xossasiga yangi element manzilining qiymati o‘zlashtiriladi.
4. Tanlangan elementning next xossasiga yangi element manzilining
qiymati o‘zlashtiriladi. Mazkur dasturda qo‘yish manzili w ko‘rsatkichda
berilgan elementdan keyin amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: