Dastur tasnifi Mazkur dasturda mustaqil ravishda dasturchilar
tomonidan
teztez ishlatiladigan,
«Ikki
yo‘nalishli
ro‘yxat»
konstruksiyasini tuzishgato‘g‘ri keladi. Bu konstruksiya nomer bo‘yicha
tartiblangan strukturalarmajmuini bildiradi. Unda har bir struktura o‘z
tarkibida to‘plamningyaqin o‘zgaruvchilariga ikkitadan ko‘rsatkichga ega
bo‘ladi. Tabiiyki, struktura bu ko‘rsatkichlardan tashqari dastur uchun
ba’zi foydali ma’lumotlarga ham ega bo‘ladi.Bu misol uchun masala
quyidagicha qo‘yiladi: Foydali ma’lumotlar sifatida belgilar qatorini
qamrab oluvchi, ikki yo‘nalishli ro‘yxat hosil qilish imkoniga ega
struktura, hamda ro‘yxatga elementlar qo‘shuvchi va ro‘yxatdan
elementlarni o‘chiruvchi protseduralar tuzilsin. Bu protseduralar
tugmachalar bilan biriktirilsin va ro‘yxatda saqlanuvchi ma’lumotlarni
chiqarish ta’minlansin. Muammolar Dinamik xotira bilan ishlashda zaxiralangan ma’lumotlar blokining o‘z
vaqtida bo‘shatilishini nazorat qilib borish, ya’ni bunday protsedurani
nazarda tutish, zarur. Bundan tashqari, dasturni tugatishdan
oldin xotiraning barcha zaxiralangan bloklari bo‘shatilishi kerak. Buning
uchun «Shakllarni yopish» - «Закрытие формы» (FormClose) xodisalarni
qayta ishlash protsedurasidan xotirani bo‘shatish protsedurasini
chaqirish zarur.
Zarur ko‘nikmalar Ikki yo‘nalishli ro‘yxat bilan ishlash uchun ko‘rsatkichlar va strukturalar
bilan ishlash ko‘nikmalari zarur. Dasturda ko‘rsatkichga ko‘rsatkich bilan
bog‘liq murakkab kostruksiyalar ishlatiladi (masalan,
manzilini o‘z navbatida boshqa ko‘rsatkich saqlovchi ko‘rsatkich
saqlanadigan manzilni o‘z ichiga oluvchi o‘zgaruvchiga biror qiymat
o‘zlashtirishda). Bu dasturda “->” buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq
strukturaning bir qismi bo‘lgan, manzili shu buyruq tadbiq etilayotgan
ko‘rsatkich bo‘lgan o‘zgaruvchini aniqlaydi (qaytaradi). Agar buyruq
aniqlagan o‘zgaruvchi strukturaga ko‘rsatkich bo‘lsa, u holda unga shu
buyruqning o‘zi yana tadbiq qilinishi mumkin. Buning oqibatida ko‘p
o‘tishlardan iborat uzun konstruksiyalar paydo bo‘ladi.