№3 2022
169
O’ZBEK TILIDA SO’Z TUKUMLARI
Xudayberganova Guliyor Saidnazarovna
Bekmetova Dilfuza Botirxon qizi
Xorazm viloyati Urganch shahridagi
8-son maktabning o’zbek tili o’qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.7240889
Annotatsiya: mazkur maqolada tilshunoslikning morfologiya bo’limining
asosiy o’rganish obyekti hisoblangan so’z turkumlari va ularning turlari haqida so’z
yuritiladi.
Kalit so’zlar: so’z turkumlari, mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’zlar,
modal so’zlar, taqlid so’zlar, umdov so’zlar.
O’zbek tilida so’z turkumlari, ularning turlari haqida so’z yuritishdan oldin so’z
turkumi nimaligini bilib olish zarur. So'zlar lug'aviy ma'nolari, morfologik belgilari
va gapda bajaradigan sintaktik vazifalariga ko'ra o'zaro farqlanuvchi turli guruhlarga
bo’linadi. So'zlarning lug'aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko'ra bunday
guruhlarga bo'linishi so'z turkumlari deyiladi. Shunga ko'ra. so'zlarni turkumlarga
ajratishda quyidagi uch muhim belgi asos bo'ladi:
1. So'zlar ifodalaydigan lug'aviy ma'no turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir.
Masalan, uy, yer , daraxt, kitob, tosh so'zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi.
Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator so'zlar shu predmetlarning
biror belgisrni: rangini, shakl-ko'rinishini, mazasini, hajm-o'lchamini ifodalaydi:
oq,ko'k, katta. yumaloq, keng, uzun kabi. Shuningdek, bir qator so'zlar
predmetning ish- harakatini anglatsa (bordi, yozdi, o'qidi), ayrim so'zlar ish-harakat
yoki belgining belgisini bildiradi: darrov, sekin, oz, ko'p va boshqalar.
So'z ma'nolaridagi mavjud bu xususiyatlar ulami turkumlarga ajratishdagi asosiy
belgidir. Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so'zning shu ma'no
tomoniga bog'liq ravishda yuzaga keladi.So'z turkumlarini ajratishda morfologik
belgi ham muhimdir. Bu xususiyat muayyan so'z turkumlarida maxsus qo'shimchalar
tizimi mavjudligini, ularni, asosan, shu turkumga xoslanganini ko'rsatadi. Masalan, ot
turkumi ko'plik, kelishik. egalik, shakllariga ega bo'lganidek, boshqa turkumlardan
farqli ravishda ularda kichraytish-erkalash shakllari ham bor. Shunga ko'ra otlar
ko'plikda keladi predmetning kimga, nimaga qarashliligini bildiradi, turlanadi.
Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi, ot turkumi
morfologik jihatdan to'la shakllangan turkum ekanligini ko'rsatadi.
Fe'l turkumida morfologik ko'rsatkichlar, ya’ni zamon, mayl, nisbat, shaxs-son
kabi shakllar fe'lning o'ziga xosligini ta'minlaydi. Fe'llar tuslanadi, shaxs va sonni
Dostları ilə paylaş: |