ko'makchi, bog'Iovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so'zlar lug'aviy ma'no
anglatmaydi. Masalan, uchun, ammo, sayin, bilan, va deganda hech narsani
tushunmaymiz. Biroq, til tizimida bu so'zlarning ham o'ziga xos o'rni bor. Binobarin.
ular so'z va gaplarni o'zaro munosabatlarini uyushtiradi (ko'makchi), so'zva gaplarni
o'zaro bog'laydi (bog'lovchi), so'zlarga, ba'zan gapga qo'shimcha ma'no beradi
(yuklama). Shunga ko'ra yordamchi so'zlar ham til tizimidagi o'ziga xos xususiyatlari
mavjud bo'lgan so'zlardir.
Modal so'zlar. So'zlarning fikrga yoki fikrning borliqqa bo'lgan munosabatini
ifodalaydi. Garchand, modal so'zlar lug'aviy ma'no bildirmasa-da, turli modal
ma'nolarni: tasdiq, inkor, taxmin, gumon ma'nolarini ifodalaydi.Gapda esa kirish
so'z, yoki kirish gap vazifasida keladi. Modal so'zlar ma'no ifodalashi (modal ma'no
bo'lsa ham ), gapda vazifa bajarish (kirish so'z bo'lsa ham) jihatidan yordamchi
so'zlardan alohida ajratib tursa-da, gap bo'lagi bo'la olmasligi jihatidan yordamchi
so'zlarga yaqindir.
Undov so'zlar so'zlovchining his-tuyg'ularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob,
haydash-chaqirishning atamasi bo'lmasa ham ularning ifodasi bo'la oladi. Masalan,
oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni
anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir.
Taqlidiy so'zlar tovushga, holatga bo'lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid
asosida kishida tushuncha hosil bo'ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, g'uj-
g'uj so'zlari kishi ongida qandaydir tushunchalarni olib keladi. Ular gapda biror gap
bo'lagi vazifasida keladi. Umuman, undov va taqlidiy so'zlar ayrim xususiyatlariga
ko'ra mustaqil so'zlarga yaqin. Shuning uchun bu so'zlar gap bo'lagi vazifasida ham,
o'zi mustaqil so'z-gap shaklida ham keladi. Biroq, bu so'zlarda mustaqil
|