1 Ma`ruza
Mavzu: Fiziologiya va inson salomatligi
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining rivojlanish tarixi va
barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida tutgan o‟rni.
1.
“Fiziologiya va inson salomatligi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Fiziologiya va inson salomatligi fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida
fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga
ega. Shuning uchun ham Fiziologiya va inson salomatligi fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv
yurtlarining o`quv rеjasiga kiritildi.
Fiziologiya va inson salomatligi fani - turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida
kеchadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga
xos yosh
xususiyatlarini o`rganadi.
Shaxs fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'еkt bolalar va o`smirlardir.
Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish
asoslarini aniqlashdan iborat.
Shaxs fiziologiyasining vazifasi o„sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun
organizm, uning tizimlari, organlari to„qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga
aloqador davrlarda aniqlashdir. Shaxs fiziologiyasi organizmning individual
rivojlanish jarayonida
funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o„zaro munosabatlari va ular o„rtasidagi
bog„lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, yaʻni bosh miya
po„stlog„ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida etakchi rol o„ynashini tushunib olishga
yordam beradi. O„sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida, har xil organ va
tizimlarning faoliyati bir qator o„ziga xos xususiyatlar bilan harakterlanadi.
Shaxs fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari,
nerv sistemasi,
yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning
xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga
yordam beradi.
Shuningdek, o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik
xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va
normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada
takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.
Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo„lib, organizm, undagi aʻzolar,
to„qimalar hujayralar, va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini tashqi muhitga bog„lab, har
tomonlama chuqur o„rganadi.
“Fiziologiya” so„zi grekcha so„z bo„lib, “tabiat” va “bilim” degan maʻnoni anglatadi. Fiziologiya
anatomiya fani bilan chambarchas bog„liqdir, chunki anatomiya aʻzolarning
tuzilishini ularning
vazifasiga bog„liq holda shakllanib borishini o„rgansa, fiziologiya fani organlar va organizm hayoti
jarayonlarini o„rganish bilan shug„ullanadi. Fiziologiya fani hamisha fizika, kimyo qonunlariga tayanadi,
organizm va har bir
1 Theodore hough and William T. Sedgwick - The human mechanism its physiology and hygiene
and the sanitation of its surroundings- Ginn and company proprietors Boston U.S.A.-2010, 2 p
hujayra faoliyati fizik va kimyoviy jarayonlar asosida sodir bo„ladi. Fiziologiya ko„p tarmoqli fan
bo„lib, mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi
va boshqa sohalarni o„z ichiga oladi.
Shaxs fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar tizimi va butun
organizmda sodir bo„ladigan o„zgarishlarni o„ziga xos yosh xususiyatlarini o„rganadi.
Bola organizmi
katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo„lmay,
balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o„smirlar
fiziologiyasining asosiy o„rganadigan obʻekti bolalardir. Binobarin, pedagoglar taʻlim tarbiya ishlarini
yosh fiziologiyasi maʻlumotlariga asoslangan holda olib borishlari muxim ahamiyatga ega. O„quv
yurtlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy – foydali mehnatda, sog„lomlashtirish ishlarida
bolalar va o„smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak.
O„sib rivojlanib kelayotgan
organizm salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash,
sog„lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga bog„liq. Shuning uchun
yosh fiziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir.
“Gigiena” tushunchasi grekcha so„z bo„lib, “foydali” degan ma‟noni bildiradi. U tashqi muhit
omillarining (kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy va hokazo) inson salomatligiga taʻsirini o„rganadigan va
olingan ma‟lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni sog„lomlashtirish, inson sog„lig„ini
mustahkamlashning meʻyor va qoidalarini ishlab chiqadigan, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning oldini
oladigan, ishlash
qobilyatini oshiradigan, umrni uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir. Gigiena
inson bilan atrof-muhitning uzviyligini taʻminlaydi. Muhit sog„lom bo„lmay turib, tan-sog„liqni
taʻminlash qiyin. Shu maʻnoda gigiena tabiiy-ijtimoiy muhit, borliqning odam organizmiga ijobiy va
salbiy taʻsirini ham o„rganadi, tavsiyalar beradi. Gigiena fani tavsiyalari amaliyotga sanitariya (lotincha
so„z bo„lib, “sog„liq” degan maʻnoni anglatadi) muassasasi tomonidan joriy qilinadi, garchi ular orasida
mustahkam bog„lanish bo„lsa ham ularning vazifalarini ajrata bilish lozim.
Buyuk fiziolog olim I.P. Pavlov: “Zamonaviy tibbiyot kasalliklarning hamma sabablarini bilib
olgandagina kelajak tibbiyotga, yaʻni keng ma‟nodagi gigiyenaga aylanadi” deb be‟jiz aytmagan.
Gigiyena fani bolalar va o„smirlar gigienasi, kommunal gigiyena,
ovqatlanish gigiyenasi, mehnat
gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni o„z ichiga oladi.
Bolalar va o„smirlar gigienasi gigiena fani sohalaridan biri bo„lib, tashqi muhit omillarining bola
organizmiga, uning hayot faoliyati, ta‟lim tarbiyasiga ta‟sirini o„rganadi va o„sayotgan avlodning
sog„lig„ini mustahkamlash hamda jismoniy va maʻnaviy jihatdan bekamu-ko„st rivojlanishi uchun zarur
bo„lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va o„smirlar gigienasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Bolalar va o„smirlar sog„lig„ini saqlash;
2.
Bolalar va o„smirlar faoliyati gigiyenasi;
3.
Tashqi muhit gigiyenasi;
4.
Bolalar va o„smirlar ovqatlanish gigiyenasi;
5.
Bolalar va o„smirlarga tibbiy xizmat ko„rsatish;
6.
Psixogigiyena.