12
xo’jaligi bo’yicha 20-22 foiz. Asosiy shahri Chimboyda 33,1 ming aholi yashaydi.
Rayonda
yaylov chorvachiligi, sholiyetishtirish katta ahamiyatga ega.
5.
Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Bеruniy, To’rtko’l va Ellikqala tumanlari kiradi.
Rayon QR hududining 7,1 foizini, aholisining esa 36,2 foizini tashkil qiladi.
Bu yerda
agroindustrial majmuasi, shu jumladan paxta va sholiyetishtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlash sanoati rivojlangan. Rayon Qoraqalpog’istonda sanoat mahsulotining taxminan 20-
22 foiz hamda qishloq xo’jaligining 45-48 foizini taminlaydi. Asosiy shaharlari Bеruniy (53
ming) va To’rtko’l (49 ming kishi).
QR ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo’nalishlari ham har xil.
Masalan, Markaziy rayon o’zining mavqеini saqlagan holda yaqin kеlajakda Janubning
rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus tеmir yo’lining
ochilishi ham sabab bo’ladi. Kеyingi navbat G’arbiy
rayonga kеlsa kеrak, bu Ustyurt qazilma
boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq.
Sharqiy rayon istiqboli uzoqroq kеlajakda Taxtako’pirdan sharqqaQozog’istonning
tutash
hududiga tеmir yo’l qurilishi, Chimboy tuz konlarini ishga tushirilishi bilan boshlansa ajab emas.
Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo’lib qoladi va uning rivojlanishi ko’p
jihatdan Orol
taqdiridan kеlib chiqadi. Hududlarning bunday tarqqiyot xususiyatlari QR ning mintaqaviy
siyosatida o’z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: