Iqtisodiyot fanidan



Yüklə 481,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix05.04.2023
ölçüsü481,02 Kb.
#93409
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
iqtisod atoyev

5. Kreditning maqsadliligi. 
Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan 


32 
kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. 
Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy 
boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini 
qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga maqsadli yo’naltirilganligi 
korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada 
ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit 
shartnomada ko’rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak . Bunda 
kredit muayyan, aniq ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish 
zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob 
hujjatlariga va hokazolarga beriladi. 
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida 
mavjud bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi. 
Bizning 
fikrimizcha, 
bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
kreditning 
yuqorida keltirilgan 
tamoyillaridan 
tashqari, 
kreditdan 
oqilona 
foydalanishni 
ifodalovchi tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini 
kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka 
qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit yordamida kreditlanadigan 
yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka 
erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan 
kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani 
bajarish uchun yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab 
chiqishlari zarur.
Agar biz bozor 
iqtisodi 
yuqori 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
kreditlash 
va 
loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan 
bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin 
qo’yiladigan mablag’larning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqiladi. 
Agarda loyihaga qo’yiladigan mablag’lar samara beradigan bo’lsagina, 


33 
shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi. 
Yoar bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda uning 
samaradorligiga alohida e’tibor berish foydadan xoli emas, chunki 
samaradorlik kreditning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning 
samaradorligi ishlab chiqarish va realizatsiya hajmiga to’g’ridan-to’g’ri 
bog’liq. Samaradorlik tamoyilining bo’lishi va unga rioya qilish kreditning 
boshqa 
tamoyillarining 
bajarilishi 
uchun 
asos 
hisoblanadi. 
Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. 
Shunga asoslangan 
holda 
kreditning 
samaradorligini 
sodda 
qilib 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
Realizatsiya 
qilingan 
tovar 
mahsuloti 
hajmi 
Samaradorlik = 
Kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i 
Bu ko’rsatkich kredit qo’yilmalar o’rtacha qoldig’ining 1 so’miga 
to’g’ri keladigan realizatsiya qilingan tovar mahsulotining hajmini 
ko’rsatadi. Kreditni jalb qilish yordamida ishlab chiqarish suratlarining 
o’sishi, tovarlarni sotish hajmining oshishi kreditning samaradorligini 
belgilab beradi. Korxona kam kredit resurslar hisobiga ko’p mahsulot 
sotuviga erishadigan bo’lsa, kreditning samaradorligi shuncha yuqori 
bo’ladi. 
Kreditlashning yuqori samaradorligi minimal mehnat xarajatlari 
orqali maksimal foydacha erishadigan korxonalar uchun xarakterlidir. 
Agar kredit samaradorligiga tasir qiluvchi boshqa omillarni ham 
hisobga oladigan bo’lsak, kreditning samaradorligini kengroq olgan holda 
quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin. 
RR 
kr
=




OF

= K 
OF

= K x O
of 


34 
Skr - kredit qo’yilmalarininrg samaradorligi
R - to’la tannarxida realizatsiya qilingan tovar mahsuloti; 
OFk - kreditor qarzdorlikni hisobga olgan, lekin qarz mablag’larini hisobga 
olmagan holdagi aylanma fondlarining o’rtacha qoldig’i; 
K - qisqa muddatli kredit qo’yilmalarining o’rtacha 
qoldig’i; Okr - hisobot davridagi qisqa muddatli 
kreditning aylanish soni; Oof - hisobot davridagi 
aylanma fondlarining aylanish soni; 
Formuladan ko’rinib turibdiki, kredit resurslarning samaradorligi 
asosan ikki omil: realizatsiya qilingan mahsulotning hajmi va kredit 
resurslarining aylanish davriga bog’liq. Realizatsiya hajmi qanchalik katta 
bo’lsa va kredit resurslarining aylanish davri qanchalik qisqa bo’lsa, 
kredit qo’yilmalarining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Bank 
tomonidan berilgan mablag’lar xo’jalik oborotida, ishlab chiqarishga tezroq 
joriy qilinsa va kredit mablag’lar ishlab chiqarish va muomala jarayonini 
tezroq bosib o’tsa, ular keltiradigan samaradorlik shunchalik yuqori 
bo’ladi. Bank krediti mablag’lar doiraviy aylanishining biror bosqichida 
ushlanib qoladigan bo’lsa, bu hol kreditni to’lash muddatining 
kechiktirilishiga olib keladi. Bu, albatta kreditning samaradorligi 
tushganligidan dalolat berishi mumkin. 


Yüklə 481,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin