21
Ipoteka krediti asosiy shartlari
Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy
stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib
ravishda kamayadi, oshirilgan
taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi.
Qarz oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan doimiy
daromad
manbaiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O'zbekistonda
doimiy yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan
shaxslarga
Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
a) Ariza;
b) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning
pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi);
c) Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy
qurish (rekonstruksiya qilish) bo’yicha shartnoma;
d) Subsidiya xabarnomasi (Subsidiya ajratish to’g’risida ijobiy xulosaga ega
bo’lgan shaxslar uchun);
e) uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalariga egalik huquqini tasdiqlovchi
hujjat(lar) nusxasi (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish)
maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
f) yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari bo’yicha loyiha smeta
hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi (yakka tartibdagi uy-joyni
qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
g) qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tashkilot(lar) tomonidan
ruxsat berilganligi to’g’risida hujjat (yakka tartibdagi uy-joyni qurish
(rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
h) kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil
shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi
manbaalardan onlayn tarzda o'rganiladi.
Daromadlari to'grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbaalardan onlayn tarzda
o'rganishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda
qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari
to'grisida ma'lumotnoma taqdim qilinadi.
Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga
mos bo’lishi lozim:
22
- ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda
18 (o’n sakkiz) yoshga
Dostları ilə paylaş: