17
2.1. Aloqabank kredit liniyalari va kredit tamoyili
• Online mikroqarz
• Kredit shartnomasi namunalari
• Qarz yuki ko'rsatkichi
•
Ipoteka Krediti
• Ta’lim krediti
• Bir million dasturchi
• Yoshlarning alohida toifasi uchun kredit
•
Universal mikroqarzi
• Avtokredit
• Iste’mol krediti
•
Joziba mikroqarzi
•
kreditning eng ko‘p miqdori va valyutasi, shu
jumladan chet el valyutasi
bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi bo‘yicha
kurslar o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan
bog‘liq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;
•
kreditdan foydalanish muddati;
•
foiz stavkasining
yillik nominal qiymati, shuningdek iste'molchi murojaat
qilgan sanadagi kreditning to‘liq qiymati (shartnoma tuzish paytida uning
mutlaq qiymatini, ya'ni kredit yoki qarzning asosiy qiymati, foizlari,
komission va boshqa to‘lovlar, shu jumladan amaldagi tariflar bo‘yicha
uchinchi shaxs foydasiga to‘lanadigan to‘lovlarni, agar bunday to‘lovlar
qarzdorning majburiyati bo‘yicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan
bo‘lsa, ularni alohida ko‘rsatgan holda ma'lumot
taqdim etadi);
•
vositachilik haqlari, tariflar va kredit
olish hamda
unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
to‘lovlarning batafsil ro‘yxati va miqdorlari;
18
•
kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda
iste'molchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
•
garovga qo‘yuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining
tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
•
bank va iste'molchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida
iste'molchining
huquqlari, shuningdek bank xizmatlarini ko‘rsatish
shartnomasida ko‘zda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi
ma'lumotlar;
•
iste'molchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib
chiqish, kreditni taqdim etish va undan foydalanish muddatlari;
•
kredit olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati;
•
kredit ta'minotiga qabul qilinadigan garov turlari (agar garov talab
qilinsa).
•
iste'molchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga
mos kelishi;
•
bank xizmatini ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan
majburiyatlarini bajarishi uchun taxminan qaysi
muddatlarda va qancha miqdorda pul mablag‘lari
kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaxslar uchun — ish
haqi to‘lanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi);
•
kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan yengib bo‘lmas kuch ta'siridagi vaziyatlar va
boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaxslar
uchun — ishini yo‘qotish, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ish
haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi,
sog‘lig‘ining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi).