Iqtisodiyot fanidan



Yüklə 481,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix05.04.2023
ölçüsü481,02 Kb.
#93409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
iqtisod atoyev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 

1.1 Kredit tizimi, uning tuzilishi 
Kredit 
tizimi 
deb 
kredit 
munosabatlar 
majmuasi 
va 
kredit 
munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar 
yig’indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning 
vaqtincha bo’sh mablag’lari yig’iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, 
davlatga 
vaqtincha 
foydalanishga beriladi. 
Kredit tizimi 
bir 
necha 
bo’g’inlardan 
iborat bo’lishi mumkin. Mablag’larni jalb qilishi va 
taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo’g’inlari o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. 
Jahon amaliyotida kredit tizimi o’zining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo’linadi. 
• Markaziy bank
• tijorat banklar
• maxsus-kredit institutlar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog’onali kredit bank tizimi 
ko’p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank 
institutlari va nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
• tijorat banklar; 
• investitsiya banklari;
• jamg’armalar jalb qiluvchi banklar (O’zbekistonda Xalq banki);
• ipoteka banki; • savdo banklari;
• tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha banklar 
• tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. Nobank kredit 
tashkilotlarga:
• investitsiya kompaniyalari; 
• sug’urta kompaniyalari;
• nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 


11 
markaziy, tijorat banklari va maxsus kredit institutlar. Aralash banklar 
kapitali davlat tomonidan va bir qismi xususiy kapital tomonidan 
vujudga keltiriladi. Xalqaro banklar xalqaro pul, hisob va kredit 
munosobatlarini olib boruvchi bank bo’lib davlatlar o’rtasida valyuta, 
kredit va moliya munosabatlarini boshqarib boradi. Yirik xalqaro banklar 
qatoriga Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, 
Xalqaro Moliya korporatsiyasi, Xalqaro hisob-kitoblar bankini, Evropa 
investitsiya bankini va boshqalarni kiritish mumkin. Xorijiy banklar 
to’liq yoki qisman chet el investorlariga tegishli bo’lgan banklar bo’lib, 
ular o’z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi 
vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho’’balari sifatida faoliyat 
ko’rsatadi. Ba’zi davlatlarda mavjud depozit banklar jalb qilingan depozitlar 
hisobidan hisob, kredit, ishonch operatsiyalarini olib boradi. Depozit banklar 
asosan aholi jamg’armalarini jalb qilish va joylashtirish bilan shug’ullanadi. 
Universal banklar turli xil bank operatsilari: depozit, kredit, hisob, foiz, 
vositachilik va boshqa operatsiyalarni bajaruvchi bank hisoblanadi. 
Germaniya, Shveytsariya, Avstriya kabi mamlakatlarning tijorat banklari 
universal banklar hisoblanadi. Ixtisoslashgan banklar xalq ho’jaligining 
ma’lum 
sohalariga 
xizmat ko’rsatuvchi, aholiga xizmat ko’rsatuvchi 
banklardir. 
Ixtisoslashtirilgan 
banklarning 
turdagi 
sifatida 
investitsiya, 
jamg’arma, rivojlanish va taraqkiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit 
tiziminining yana bir qismi nobank kredit muassasalari bo’lib, davlat va 
korxonalarni moliyashtirishi, uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi. 
O’zbekistonda 1997 yilda nobank kredit tashkilotlari to’g’risida qonun 
loyihasi ko’rib chiqildi. Sug’urta kompaniyalari, nafaqa fondlari va 
boshqa 
fondlarning 
mablag’laridan 
oqilona 
foydalanish 
va 
bu 
mablag’larning samaradorligini ta’minlash masalasi qo’yilgan. Har bir 
mamlakatning kredit tizimi o’z xususiyatiga ega bo’lib, rivojlangan 


12 
yirik universal banklar tarmoqlarining ko’pligi va xilma-xilligi bilan ajralib 
turadi. 
Germaniya bank tizimi eng yuqori darajada rivojlangan davlat 
hisoblanadi. O’uyidagi sxemadagi Germaniya bank tizimi keltiriladi. 

Yüklə 481,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin