- hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta’minlamaydi.
Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik
korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi.
Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki xujjat
asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki
yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondensiyalangan schetlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy ohirida xar bir schet bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit
oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar
yig‘indisi tengligi xisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda
aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami
summaga ham teng bo‘lishi kerak.
SHundan so‘ng, xar bir schet bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga
aniqlangan qoldiq summalar aktiv schetlarda debet tomonida, passiv schetlarda kredit tomonida
aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir.
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi.
YUqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schetini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini
yaxshi egallagan hisobchi jadvalli protsessor «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: