bo‘lgan ma’lum bir miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash lozim bo‘ladi. Undan so‘ng bu
ko‘rsatkichlar boshqarishga zarur bo‘lgan yo‘nalishda
axborotni guruhlash, korxonalar
faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil
qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. “Buxgalterskiy uchet”.
darsligida
“Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda
keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar,
harakatlar, dalillarni qayd etishni
tushunmoq kerak.”
1
- deyishgan.
SHuni ta’kidlamoqchimizki, xo‘jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida
bir xil bo‘lmagan. SHuning uchun ham xo‘jalik hisobi uning oldiga qo‘yilgan
talablariga mos
shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o‘zgarib borgan.
Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o‘zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum
o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, xo‘jalik faoliyati
ustidan raxbarlik qilish, uni
amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o‘zgarishiga, demak, xo‘jalik hisobining ham
o‘zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning xar bir bosqichida xo‘jalik hisobi o‘z maqsadi,
vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u xar doim
aniq ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega.
SHunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo‘jalik
hisobining mazmunini aniqlab,
uning o‘zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish
mexanizmining xususiyatlariga bog‘liq holda tarixan shartli qilib qo‘yadi. Xo‘jalik
hisobi
insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini
aks ettiradi.
Xo‘jalik hisobining funksiyalari:
Dostları ilə paylaş: