Xo‘jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobining vazifalari va funksiyalari.
Hozirda buxgalteriya hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Xo‘jalik
hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan
xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish.
2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd
etish.
4. Maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish,
xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish.
Bozor munosabatlari sharoitida ham buxgalteriya hisobi oldida quyidagi
uch asosiy vazifa
turadi:
1. Korxona boshqaruvini mablag‘lar va uning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash.
2
. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga
asoslanganidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona
mulkiga nisbatan tejamli
munosabatda bo‘lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz
nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda xo‘jalik
hisobini joriy etib,
uni mustahkamlash va
iqtisodiy rejim (tejamkorlik)ni joriy etish hamda takomillashtirib borish.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari.
Bozor munosabatlari sharoitida ham buxgalteriya hisobi oldida quyidagi uch asosiy vazifa
turadi:
1. Korxona boshqaruvini mablag‘lar va uning tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobida bu vazifa quyidagicha izohlanadi:
— mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejasi bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar
nomenkla- turasini, turini,
sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarilishining o‘sish
omillarini
aniqlash;
— ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, tannarxni tobora kamaytirish
omillarini topish;
— korxonalar rentabellik darajalari bajarilishi- ni nazorat qilish;
— biznes rejasining bajarilishini nazorat qilish.
2
. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga
asoslanganidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli
munosabatda bo‘lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz
nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda xo‘jalik hisobini joriy etib, uni mustahkamlash va
iqtisodiy rejim (tejamkorlik)ni joriy etish hamda takomillashtirib borish.