Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


 Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari va buxgalteriya balansi (1-shakl)



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

4. Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari va buxgalteriya balansi (1-shakl). 
Hisobot kundalik hisob ma’lumotlarini hisoblash va guruhlash yo‘li bilan bir necha 
shakllarda tuziladi. Uning shakllarida hisobot davridagi faqat haqiqiy joriy ma’lumotlargina 
emas, balki o‘tgan davr ma’lumotlari ham ko‘rsatiladi. 
Hisobot shakllarida bunday ko‘rsatkichlarning bo‘lishi, korxona moliya xo‘jalik faoliyatini 
tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida faqat u yoki bu 
korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga baho berilibgina qolmasdan, balki xo‘jalikning ayrim 
tarmoqlari ish natijasiga ham baho berish mumkin. Hisobot ma’lumotlarini o‘rganish korxonada 
mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularning ishga solish imkoniyatini ham beradi. 
 Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotining tarkibi va turlari. 
Hisobotdan korxona rahbari, xo‘jalikni ichki boshqarishning barcha bo‘limlari va tashqi 
foydalanuvchilar (bank, soliq, sug‘urta tashkilotlari va mol etkazib beruvchilar, ta’sischilar, 
investorlar, aksiyanerlar) tomonidan to‘g‘ri foydalanilishi uchun u quyidagi asosiy talablarga 
javob berishi kerak: 
1. Korxona faoliyatini aniq, to‘g‘ri va oddiy qilib aks ettirish. 
2. O‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechik- tirmasdan topshirish. 
3. Hisobot ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlariga moslashganligini aks ettirish va ularni 
taqqoslash. 
Reja va hisob ma’lumotlari o‘z iqtisodiy mazmuni hamda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lishi 
kerak. Bunday taqqoslilikni ta’minlash uchun quyidagi sharoitlar zarur: 
a) o‘tgan davr xronologik davrning mos kelishi hisobotda va hisob ma’lumotlari ma’lum 
bir davrni yoki ma’lum bir vaqtni aks ettirishi lozim; 
b) o‘tgan davr va joriy davr ob’ektlarining bir xil guruhlanishi
v) o‘tgan davr va joriy davr hisob guruhlarining bir xil usulda aniqlanishi.; 
d) bahoning bir xilligi. 
4. O‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan hisobot davri ko‘rsatkichlarini taqqoslash. 
Hozirda hisobot shakllari unifikatsiya qilinib, ular soni qisqartildi. Yillik hisobot shakllari 
quyidagilardan iborat: 
1. Korxona balansi (1- shakl). 
2. Moliyaviy natijalar haqida hisobot (2- shakl). 
3. Asosiy vositalar harakati haqida hisobot (3- shak). 
4. Pul mablag‘lari haqida hisobot (4- shakl). 
5. Xususiy kapital haqida hisobot (5- shakl). 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin