- sub’ektning va uning ayrim bulimlaridagi ishlab chikarish, kurilish-montaj va boshka
ishlar bilan boglik xarajatlarni tula aks ettirish, nazorat kilish xamda ishlab chikarilgan maxsulot,
bajarilgan ish va xizmatlarning iktisodiy jixatdan asoslangan xisobot kalkulyasiyasini tuzish;
-sub’ekt va uning ayrim bulimlarining raxbarlarini moliyaviy-xujalik faoliyatining
barcha bulinmalariga doir tula va anik iktisodiy axborot bilan tezlikda ta’minlab turish;
- ta’sischilar, aksiyadorlar, sarmoya egalari, yukori tashkilot, moliya, solik, statistika va
boshka buxgalteriya xisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchi tashkilot va shaxslarga uz vaktida
topshirish uchun
anik xisobotlarni yaratish;
- boshkaruv karorlarini iktisodiy jixatdan asoslab berish uchun umumlashtirilgan
axborotning tartiblashtirilgan okimini taminlash;
- tula xujalik xisobini sub’ekt mikyosida xamda uning ayrim ishlab chikarish
bulinmalari va brigadalarida joriy etish va mustaxkamlash;
- sub’ektning mablaglaridan tula va unumli foydalanish, undagi mulklarning butligini
ta’minlash, iktisodiy tejash tartibiga rioya kilish, sub’ekt jamoasining ijtimoiy-iktisodiy
rivojlanishini jadallashtirish ustidan nazorat yuritish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash.
Buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar,
tashkilotlar va
muassasalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali
boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. SHu mablag‘larning
sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish
hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti - ishlab chiqarish jarayonidagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda
ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini o‘rganishda, uning tarixiy xarakterini hisobga olish
kerak. CHunki buxgalteriya hisobi predmetning mazmuni har xil iqtisodiy tuzumlarda bir xil
bo‘lmagan. Ularning o‘zgarishi bir tuzumdan boshqasiga o‘tish paytida, mulkchilik shakllarining
rivojlanishi bilan belgilanib borilgan.
Boshlang‘ich jamoa tuzumida hisobning predmeti sifatida umumiy mulkchilik tashkil
qilgan mablag‘lar va shu mablag‘lardan foydalanishga doir operatsiyalar qaralgan. Ushbu
mulkchilik jamiyatida feodallarning ishlab chiqarish vositalariga va qullarga bo‘lgan egaligi
hisobning predmeti bo‘lgan.
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik
faoliyatini kuzatish,
boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror
ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o‘z navbatida ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish soxasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi hamda moddiy boyliklarni
ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning jamg‘armalaridan, ya’ni ishlab
chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy va pul mablag‘laridan foydalanish yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo‘lgan mablag‘lar
ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish va iste’mol
jarayonlariga xizmat qilaturib, korxonalar mablag‘lari uzluksiz doirada aylanishni amalga
oshiradi. SHuning uchun buxgalteriya hisobi bu erda moddiy boyliklarni yaratishga
yo‘naltirilgan doiraviy aylanish jarayonidagi korxona mablag‘larining holatlari va ulardan
foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlari tashkil qiladi.
Bularga sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va mudofaa
muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish soxasida garchi mahsulot
ishlab chiqarilmasa ham, u
ishlab chiqarish sohasiga o‘zining natijalari orqali ijobiy ta’sir qiladi.
Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo‘jalik faoliyatlari, ularga
davlat byudjetidan qisman ajratilgan hamda o‘zi ishlab topgan mablag‘lardan qay darajada
samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. SHunday qilib, noishlab chiqarish soxasida
ishlab chiqarish tarmog‘ida yaratilgan ijtimoiy mahsulotning taqsimoti va iste’moli sodir bo‘ladi.
Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish soxasiga ajratilgan mablag‘larning holati,
sarflanishi xaqida axborotlarni shakllantiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste’mol qilinishi, noishlab
chiqarishning bir qismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste’moliga shaxsiy iste’mol
va jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish ham kiradi. SHaxsiy iste’molni buxgalteriya
hisobi bevosita o‘z ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobida mutlaqo aks
ettirilmaydi, deb o‘ylash xatodir. Haqiqatda, buxgalteriya
hisobi uni aks ettiradi, lekin uni
tavsiflash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarga ega emas. SHaxsiy iste’mol to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash
muassasalari va boshqa tashkilotlarning hisobotlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar bo‘yicha
statistika bo‘limlari shaxsiy iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida mehnat
kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ham aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, mehnat kuchini tayyorlash
bilan bog‘liq bo‘lgan har xil xarajatlarni hamda ish haqi va ularning turli xildagi daromadlari
harakatini hisoblab topish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish haqini
to‘lash va xo‘jaliklarning daromadlarini taqsimlash, moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini
sarflashni anglatadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida
mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxona jamg‘armalarining mavjudligi
va harakatini aks
ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning o‘zgarishini ko‘rsatib,
buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish
munosabatlarini takror ishlab chiqaritsg haqidagi zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
Dostları ilə paylaş: