3. Risklarni tahlil qilish va boshqarish
Risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa
- amaldagi bozor
kon’yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish,
kreditlash
xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir.
Riskni
boshqarishdagi asosiy yo ‘llar: risklarni ajratish; risklarni loyiha
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash; mo`ldiy ta’minotni olish (garov);
moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik); risklarni kredit bo‘yicha
yuqori foiz stavkasiga ko‘chirish; risklarni
venchur kreditlashga qabul
qilish; qarzlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun fondlarni
shakllantirish kabilardan iborat. Bu esa riskni boshqarish bo‘yicha quyidagi
ish yo‘nalishlarini talab qiladi: har bir mijoz bo‘yicha doimiy monitoring
olib borish; ma’lum bir mijozning asosiy xo‘jalik faoliyatiga aloqador
tarmoq holatining
doimiy monitoringini yuritish; kafolatni jalb qilish va
tahlil etish; risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni
amalga oshirish).
4. Risklarni tahlil qilish va boshqarishning horij tajribalari
Germaniya, Avstriya va Shveysariya mamlakatlarining tijorat
banklari tomonidan Sharqiy Evropa mamlakatlarida XX asrning 90-
yillarida amalga oshirilgan investitsion
loyihalarni kreditlashda
investitsion risklardan himoyalanish maqsadida quyidagi ikki usuldan
keng ko`lamda foydalanildi:
- berilgan investitsion kreditlar bo‘yicha kredit riskining darajasini
pasaytirish maqsadida Sharqiy Evropa mamlakatlari hukumatlarining
kafolatlari;
- berilgan investitsion kreditlar bo‘yicha valyuta riskining
harajatini pasaytirish maqsadida forvard valyuta
shartnomalari tuzish
usulidan foydalanish.
- Xalqaro kreditlar bergan tijorat banklari qaytariladigan va unga
hisoblangan foiz summasiga boshqa tijorat banklari bilan forvard
shartnomalari tuzildi. Forvard shartnomasi tuzilayotgan paytda valyuta
kursi belgilab qo‘yildi va bu kurs shartnoma ijro etilgunga qadar
o‘zgarmasdan qoldi.