asosiy risklami aniqlash, loyihani amalga oshirishda uning oqibatlarini
o‘rganish va risklami pasaytirish yo`llarini (tadbirlarini) aniqlashdan iborat.
Innovatsiyalarni sifat jihatdan tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyati uni
miqdoriy natijalar sifatida aks ettirishidadir.
Loyihaviy risklarning sifat
tahlilini o`lkazish jarayonida loyiha bo‘yicha aniq risk turlari aniqlanadi,
ularni paydo bo`lish sabablari o‘rganiladi, risklarni pasaytirish yuzasidan
tavsiyalar va loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.
Risklarning miqdoriy tahlili esa risklilik
nuqtai nazaridan loyiha
bo‘yicha bir qator omillarning o‘zgarishi natijasida loyiha samaradorligi
mezonlarining o‘zgarishini o‘rganishdan iboratdir.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o`lkazish loyihaning hisob-
kitoblariga asoslaniladi. Miqdoriy tahlilning
asosiy vazifasi loyiha
samaradorligi mezonlariga asosan riskli omillarning o‘zgarishi ta’sirini
miqdor jihatdan o`lchashdan iborat bo`lib, miqdoriy tahlil risklarni loyiha
natijalariga son o`lchovida ko‘rsatib beradi. Bunday tahlil turida matematik
mo`lellar, ehtimollar nazariyasi, statistik usullar qo`llaniladi.
Miqdoriy tahlilning kamchiliklari: u katta hajmdagi ma’lumot, vaqt va
aniq
bilim talab qiladi, ammo bu tahlil turi aniq o`lchovli ma’lumot beradi.
Miqdoriy tahlil quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- statistik ko‘rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);
- sezgirlik usuli (bitta risk omili o‘zgarishining loyiha samaradorligi
mezonlarining o‘zgarishiga bogdiqligini tadqiq qilish);
- zarasizlik nuqtasini aniqlash usuli;
-
ssenariylar usuli;
- Monte-Karlo usuli;
- diskontlash stavkasini o‘zgartirish usuli va boshqalar.
O`latda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko‘payishi yoki
kamayishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o`lkaziladi;
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida
moliyaviy nuqtai nazardan aniq ko‘rinishdagi risk tahlili olib boriladi: a)
loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni
aniqlash; b) investitsiya
loyihasida ishtirok etishning iqtiso`liy jihatdan maqsadga muvofiqligini
(moliyaviy mablag‘lar qo‘yilmasining samaradorligini) aniqlash;
-
to‘rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo‘yicha alohida
operatsiyalar tahlili o‘tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlar hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so‘ngi
bosqichda, ko‘rib chiqilayotgan loyihada
qatnashish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo‘qotish
yoki pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O`latda, bunday vaqtlarda turli xil yo‘qotishlarga tayyor turish uchun
oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham ko‘rib chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: