4-mavzu. Uzlukli va uzluksiz ishlab chiqarishning xususiyatlari va qo’llanilish sohalari. Reja


Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar



Yüklə 171,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix06.04.2023
ölçüsü171,64 Kb.
#94089
1   2   3   4   5   6   7   8
sanoat 4-ma\'ruza

Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar. 
Inson borliqning bir qismi bo’lgani uchun doimo borliqning ta’sirini sezib turadi. Bu 
ta’sirni turli signallar (tovush, yorug’lik, elektromagnit, nerv va hokazo) 
ko’rinishida 
qabul 
qilamiz. 
Insonga 
uzluksiz 
ta’sir 
etib 
turuvchi 
axborotlarni analog axborotlar deb ataladi. 
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uning biror qismini ajratib oladi va 
tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan 
ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga 
ma’lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo’lgan tovushlarni, nota belgilari 
esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan 
nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni 
qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarning bu kabi 
uzlukli ko'rinishi diskret axborotlar deb ataladi. 
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan 
ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret 
axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning 
raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan 
qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar 
raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, 
fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga — shaxsiy kompyuter, raqamli 
telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin. Ob-havo 
holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi. 
Ammo, shunday jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot 
ololmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko'rsatadigan soat yordamida 
lahzalarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko'rsatadi, 
xolos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo’lsa, uning yurak urishi, nafas olishi 
uzlukli (chunki, qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo’ladi. 

Yüklə 171,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin