Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish nuriddinova Sabina Zafar qizi Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya



Yüklə 253,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.04.2023
ölçüsü253,07 Kb.
#94188
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA



BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA 
BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH 

Nuriddinova 
Sabina 
Zafar 
qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya: Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan
davrda kitobning ahamiyatini oshirish muhimdir. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga 
qiziqtirish yo‘llari haqida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali 
o‘quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish lozim. Boshlang’ich sinflarda 
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab- quvvatlash, yangi bosqichga 
olib chiqish ustuvor vazifadir. O’quvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilish 
haqida ko’rsatmalar berilgan. O’quvchilarni ma’naviy yuksaltirishda kitob 
mutolasining ahamiyati. 
Kalit so’zlar: Ma’naviy yuksalish, tarbiya, kutubxona, ertak, hikoya, barkamol 
avlod.
Malumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan 
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi 
to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada 
kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish , u orqali 
yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi. Kitob 
o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini 
yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, 
aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni 
beqiyosdir. ,,Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga 
aytilmagan bolalar yoshlikdan ota-onalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini 
maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya, ertaklar orqali 
kitob , kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda 


alohida e’tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana 
boshlaydi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq , ko’proq kompyuter 
o’yinlari ,telefon o’ynashni yoqtirishadi, ota- onalari bolalarini kitob o’qishlarini 
xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio 
ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir.
Bolalarga kitob o’qitishda ularga qiziqarli bo’lgan kitoblarni tanlash muhim 
ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonlarga qiziqish bildirsa, 
hayvonlar hayoti haqida ertaklar o’qib berish. Vaqtni ayamasdan kitob o’qib 
berilsa, bola ham asta-sekin o’zi muntazam mustaqil tarzda kitob o’qiy boshlaydi. 
Bolajonlarni tez- tez kutubxonaga olib boorish lozim. Bolalarda doimiy ravishda 
kitob o’qish malakasini shakllantirish maqsadida, haftasiga hech bo’lmaganda bir 
marta kutubxonaga olib bormoq lozim. Kitoblarni birgalikda ko’rib chiqib, 
birgalikda tanlab, birgalikda o’qish samara beradi. Kitoblar haqida tez-tez 
suhbatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bolalarni kitob o’qishga mehrini, 
g’ayratini oshirmoqchi bo’lsak, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib berish, umuman 
kitoblar va ularning mazmun-mohiyati haqida suhbatlashib turish lozim. Hayotda 
sodir bo’lgan haqiqiy voqealarni bolalarga ertak va hikoyalarga bog’lashga harakat 
qilish kerak. Bundan tashqari ma’lum bir kitobning kino, multfilm ko’rinishini 
birgalikda tomosha qilib, so’ng solishtirishi, kitob va kinodan olgan fikrlarini bilib 
olish mumkin. Bu bolalarda nafaqat kitob mutolaasiga balki, mushohada qilishga 
o’rgatadi, tahlil qilish qobilyatini ham oshiradi. Bolalarga tinch xona qilib berish 
muhimdir. Bolalarni chalg’itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo’lgan o’zi 
uchun qulay bo’lgan xona yoki burchak tashkil qilib berish. Bolalar ota-onasidan 
namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam ravishda kitob mutolaa qilishsa, 
boshqa oila a’zolari bilan turli kitoblar to’g’risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan 
zavq olganligini namoyon qilsa, bolalarga o’rnak bo’lgan bo’ladi. Kitob o’qish asta 
-sekin bolalarni sevimli mashg’ulotiga aylanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini 
rag’batlantirish, bunda ularning qiziqishlari yanada oshadi. Ota-onalar bolalarni 
bilan turli xil o’yinlar orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Bolalarda 
o’zining kutubxonasini yaratishni oz bulsada kitoblarni o’qib to’ldirib borishini 


aytish yaxshi samara beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ertak, hikoya o’qib 
berish davomida uni eng qiziq joyida to’xtatilsa, ular keying voqealar nima 
bo’lishiga qiziqadi va bu kitob o’qishiga yaxshi samara beradi. Bir kitobni 
o’qigandan so’ng bolajonlar bilan rolga kirishib shu ertakni jonli ijro etish ham bir 
qancha qiziqish uyg’otadi. Bunda bola yana sahnada yangi qahramonlar yaratish 
uchun yangi kitoblar o’qishga kirishadi. Ertakdan so’ng ertak qahramonlarini 
suratlarini chizish bolada yangi tasavvurlarni uyg’otadi.
Unga o’qigan ertak kitoblaridan savol-javoblar o’tkazish hamda ularni 
sovg’alar, shirinliklar bilan rag’batlantirish yanada qiziqishiga sabab bo’ladi. 
Ertakni ma’lum bir joyiga kelganda to’xtatish va bolalarni davon ettirishga undash 
lozim. Bolalarga ko’ngilochar entsiklopediyalar sotib olish. Qancha vaqt o’qish 
kerakligini belgilash sekin-sekin qiziqishiga qarab vaqtni uzaytirish. Har bir bola 
asta-sekinlik bilan kitobga mehr qo’ya boshlaydi .Kitob mutolasi unga zavq 
bag’ishlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Xalqaro 
tadqiqotlarda 
boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarining 
o’qish 
savodxonligini baholash(Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlari uchun 
metodik qo’llanma.) Sharq nashriyoti- 2019 
2. Sh. Mirziyoyev ,,Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga 
quramiz’’T: O’zbekiston ,2017 
3. Internet ma’lumotlari: www.ziyocom.uz 

Yüklə 253,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin