179
Milliy o`zlikni anglash aynan ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z
xalqining tarixi,
madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi.
Aksiologiya - qadriyatlar xaqidagi fan. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan barcha
narsalarga qadriyatlar deyiladi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma`naviy
boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo`llanadigan tushuncha.
Qadriyatlarni Farb
mamlakatlarida "Aksiologiya" fani o`rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga XX asrning ikkinchi
yarmida nesim aksiologi Ý. Gartman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani
qadriyatlar to`g`risidagi fan yoki to`g`ridan-to`g`ri "qadriyatshunoslik" deb atash ham mumkin. Har
bir fanga o`z nomini bergan asosiy tushunchalar bo`lgani kabi "qadriyat" tushunchasi ham
"qadriyatshunoslik" atamasi uchun shunday asos bo`la oladi. Garbda bu atama yunoncha "axio"
(qadriyat) va "Logos" (fan, ta`limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyat va qadriyatlar milliy
g`oyaning muhim kategoriyalaridan biri, bo`lib, qadriyatlar axloqiy qoida va me`yorlar, ideallar va
maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o`zida aks ettiradi.
Ular halollik, poklik, o`zaro
yordam, adolatlilik, haqiqatgo`ylik, ezgulik, tinchlik,
shaxs erkinligi, mehr-muhabbat,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon,
or-nomus, mas`uliyat kabi axloqiy
tushunchalar shaklida namoyon bo`ladi.
Qadriyat - o`z tabiatiga ko`ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u
o`zgaradi va takomillashadi. SHuning uchun qadriyat to`g`risidagi ta`limotlar ham takomillashib,
rivojlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: