Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish
bilan bog‘liq yo'nalish tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish
va sozlash uchun quwatli
hamda qulay vositalami tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case
texnologiyalar kiradi.Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar
yaratishda ayrim ishlami avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy
tizimlami o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— kompilyator va interpretatorlar;
—
dasturlar
kutubxonasi
;
— turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dastumi mashina kodidagi dasturga
aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan
dastuming bevosita bajarilishini ta’minlaydi.Dasturlar kutubxonasi oldindan
tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM,
Visual Cutt for
Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va
boshqalar kiradi.
MathCAD
MathCAD matematik paketi berilgan matematik modellarning yechimlarini
sonli yoki simvolli ifodalash hamda ushbu yechimlami grafik ko‘rinish
(vizuallashtirish) shaklda berish va shu asosida animatsiyalar qurish imkoniyatini
beradi.
MathCADning
oson interfeysi, boy hamda sodda dasturlash tili uni
muhandislar, ilmiy xodimlar orasida keng tarqalishiga va o‘quv jarayonida keng
qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi.MathCAD dasturi MathSoft firmasi tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, u o'zining sohasidagi eng ilg‘or dasturiy vositalardan hisob-
lanadi. MathCAD dasturi matematika sohasidagi deyarli barcha jabhalami qamrab
oigan. Boshqa dasturiy vositalardan farqli ravishda, bu dastur boshqa dasturlaming
fayl kengaytmalarini tushunib, ular bilan ishlash imkoniyatiga ega.
MatLab
MatLab dasturi MatLab firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u
o‘zining tengdoshlari ichida yuqori baholanadi. Bunga sabab, unda barcha amallar
asosan massiv sifatida qaraladi. Bu esa masalaning yuqori aniqlik bilan
ishlanishiga olib keladi. Bu dastur yordamida MathCAD dasturida bajarilishi
mumkin bo'lgan amallaming deyarli barchasini bajarish (matematik
hisoblash;
algoritmlarni tuzish; modellash; ma’lumotlaming tahlili; ilmiy va muhandislik
grafikasi; dasturiy vositalarni ishlab chiqish) mumkin .
Maple
Maple dasturi o‘zining tengdoshlari ichida eng birinchi ishlab chiqilgan
dastur sanaladi. Shunga qaramasdan, ba’zi bir sabablarga ko'ra,
bu dastuming
yangi versiyalari chiqarilmay qo‘yildi. Faqat bu dastuming ishqibozlari ora-orada
uning qayta ishlangan nusxalarini ishlab chiqishmoqda. Bu dasturdan
foydalanish
ancha noqulay
, bunga sabab uning faqat DOS muhitida ishlashidir. Boshqa
tarafdan esa, bu dasturdan boshlang'ich ma’lumotlardan bin sifatida foydalanish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: