Malumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari
uning dasturiy ta’minotiga bog’liqdir.
Dastur (rrogram, routine) — vazifani yechish uchun kompyuter buyruq
(ko‘rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir.
Dasturiy ta’minot (sowtware) — m’alumotlarni
qayta ishlash dasturlari va
ulami ishlatish uchun kerakli hujjatlar to ‘plamidir. Dasturlar mashina yordamida
vazifani yechish uchun ishlatiladi. Vazifa va ilova atamalari informatikada va
dasturiy ta’minotda ko‘p ishlatiladi.Vazifa (rroblem, task) — yechilishi kerak
boigan muammodir.
Ilova (arrlication) — vazifani kompyuterda dasturiy yechishdir. Dasturiy
ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh:
tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo’lish mumkin.
Tizimli
DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy
dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT ba’zida
kompyuteming bir qismi deb ham hisoblashadi.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va
umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moijallangan.
Tizimli DTni tarkibiga quyidagilar kiradi:
• Operatsion tizimlar;
•
Servis dasturlar;
• Dasturlashtirish tillari translyatorlari;
• Texnik xizmat dasturlari.
Operatsion tizimlar (ОТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va
apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. ОТ
ning
asosiy
vazifalaridan
biri
axborotning
kirish-chiqish
jarayonini
avtomatlashtirish, foydala- nuvchi hal etadigan amaliy vazifalami bajarishni
boshqarishdir.
ОТ kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini
kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi
vaziyatlami tahlil qiladi,
qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi.
Bajariladigan vazifalaridan kelib chiqib, ОТ ni uch guruhga bo’lish mumkin:
• Bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
• Ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi);
• Tarmoqli.
Bir vazifali ОТ bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani
bajarishi uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizim- laming tipik vakili MS
DOSdir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).K o‘p vazifali ОТ vaqtni
multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa boiib foydalanishni ta’minlaydi
(EHM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo‘ladi
va prosessor kompyuter
resurslarini vazifalar o'rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi ОТ ning tipik
vakillari: IBM korporatsiyasining OS/2, Microsoft Windows 95, Microsoft
Windows NT va boshqalardir.Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global
tarmoqlaming paydo boiishi bilan bog'liq va
foydalanuvchining hisoblash
tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Tarmoqli
ОТ laming tipik vakillari:
Novell NetWare
, Microsoft Windows NT, Banyan
Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.
Quyidagi ОТ rivojlanishining asosiy yo'nalishlari keltirilgan:
• Operatsion tizimlar
narxlarining kamayishi;
• Dastur ko‘rinishida amalga oshirilgan ОТ ko'plab funksiyalaming mikrodastur
ko‘rinishida ro'yobga chiqishi;
• Ko‘p protsessorli kompyuterlar ishining ta’minoti;
• Kompyuterlaming turli turlari (avlodlari) uchun dasturlar muvofiqligini
ta’minlash;
• Paralel dasturlaming bajarilishini ta’minlash;
• Taqsimlovchi hisoblash tarm og‘ini hosil qiluvchi turli kompyuterlar
protsessorlarida alohida vazifalar amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: