O`qituvchi: “Biz bu misollarning
natijalarini hisoblab, 2 ni ko`paytirish jadvalni
tuzamiz” 2x2=2+2=4, demak, 2 ni 2 ga ko`paytirilsa hosil bo`ladi, 2x2=4;
2x3=2+2+2=6 demak, 2 ni 3 ga ko`paytirilsa 6 hosil bo`ladi 2x3=6
bu natijani
oldingisidan foydalanib ham hosil qilish mumkin, ya'ni 2x2=4, 2x3=2x2=2+6,
2x4=2x3+2=8.
2 ni 5, 6, 7, 8, 9 ga ko`paytirish jadvalini tuzishda boshqa usullar ham ko`rsatiladi.
Natijada 2 ga ko`paytirishning to`liq jadvali hosil qilinadi:
2+2
2x2=
2+2+2
2x3=
2+2+2+2
2x4=
2+2+2+2+2
2x5=
2+2+2+2+2+2
2x6=
2+2+2+2+2+2+2
2x7=
2+2+2+2+2+2+2+2
2x8=
2+2+2+2+2+2+2+2+2
2x9=
3; 4; 5; 6; 7; 8; 9 ga ko`paytirish jadvalari ham shunga o`xshash tuziladi. Har bir yangi
jadval ikkita bir xil sonlarni ko`paytirish
holidan boshlanadi, chunki berilgan sonni
ko`paytirishning oldingi hollari tanish hisoblanadi ularni
ilgari qaralgan jadvallarda
ko`paytuvchilar o`rinlarini almashtirish yo`li bilan hosil qilish mumkin.
Hisoblash usullari bolalarga to`la tushunarli bo`lishi uchun ularni ko`rsatma-
qo`llanmalar yordamida aniqlashtirish maqsadga muvofiq,
bunda buyumlarning
rasmlari ikkitadan, uchtadan…. qilib
chizilgan kartochkalardan, sonli figuralardan,
kvadrat Santimetrlarga bo`lingan kvadrat ditstimetrlardan foydalanish mumkin.
Ayniqsa, bunda kataklarga bo`lingan to`g`ri turtburchak
tasvirlangan moslamadan
foydalanish yaxshi natija beradi.
Dostları ilə paylaş: