Almashlash usuli- o‘lchov bilan taqqoslash
usulining turi hisoblanib,
o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik
bilan o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan
massa bilan tarozi
toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:
Bunda “
K” ni ikkala holatda (1,2) qo‘yganda
1
=
2
shart bajarilishi kerak.
I
1
= U / R
0
1
I
2
= U / R
k
2
Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr
yordamida val diametrini moslash. Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni
o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni
bajarish usuliyati
deganda, ma’lum usul bo‘yicha o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan
tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
O‘lchanadigan kattalikning o‘lchash jarayonida o‘zgarish xarakteriga ko‘ra
statik va dinamik o‘lchashlarga ajratiladi.
Statik o‘lchash deganda qiymati o‘lchash
jarayoni mobaynida
o‘zgarmaydigan kattalikni o‘lchash tushuniladi. Bundan tashqari,
davriy
o‘zgaruvchan kattaliklarning turg‘un rejimidagi o‘lchashlar ham kiradi. Masalan,
o‘zgaruvchan kattalikning amplituda, effektiv va boshqa qiymatlarini turg‘un
rejimida o‘lchash.
Dostları ilə paylaş: