2. Sotsiolingvistika fanining o„rganish obyekti, predmeti,
maqsad va vazifalari. Sotsiolingvistikaning obyektini belgilashda
tilshunoslarni ikki guruhga ajratish mumkin. Tilshunoslarning bir guruhi
butun tilga tegishli bo‗lgan ijtimoiy jarayonlarni, til va jamiyat
munosabatlarini o‗rganishadi. Biroq nutq so‗zlovchisiga, tilning kelib
chiqishiga, uning umumiy xususiyatlariga munosabat bildirishmaydi.
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa turli tillarning individual
variantliligiga va mikrojarayonlar (shaxslararo muloqot, kichik guruhlar
muloqoti)ga e‘tibor qaratishadi.
U.Brayt fikriga ko‗ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat
munosabatlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Biroq bunday qarash ham
noaniqlikni keltirib chiqaradi. Agar biz bunga aniqlik kiritadigan
bo‗lsak, unda til va jamiyat shunchaki qandaydir birliklarning majmuyi
emas,
balki
ular
struktura
hisoblanadi.
Mazkur
holatda
sotsiolingvistning vazifasi til strukturasidagi va ijtimoiy strukturadagi
o‗zaro
munosabatlar tizimini
ochib berish bo‗ladi. Ya‘ni
sotsiolingvistlarning vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo‗shma
variatsiyalashuvini ko‗rsatib berish, hatto, u yoki bu yo‗nalishning
tasodifiy aloqasini ochib berishdan iboratdir. Sotsiolingvistikaning
asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning haqiqatan ham ―erkin‖
emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o‗zaro aloqada ekanligini
ko‗rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda tushunish
sotsiolingvistikaning asosiy obyekti sanaladi.
32
Fransuz tilshunoslarining fikricha, diskurs tahlili, til me‘yori,
variantlilik, diglossiya kabi muammolar sotsiolingvistikaning obyekti
hisoblandi.
32
Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистике. Вып. VII. - М., 1975. - С. 34-41.
38
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy
funksiyalarini, shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta‘sirini
o‗rganadigan fandir. Ikki yoki uch til amal qilayotgan jamiyatlarda
sotsiolingvist quyidagi savollarga javob olishi uchun bir necha til
funksiyalari mexanizmini ularning o‗zaro ta‘sirida tadqiq qilishi lozim.
Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo‗llaniladi? Mavqeyi va
funksiyalariga ko‗ra ular orasidagi o‗zaro munosabat qanday bo‗ladi?
Qaysi til ―hukmronlik qiladi‖, ya‘ni qaysi til davlat tili yoki asosiy
muloqot vositasi sifatida rasman qabul qilingan va qaysi tillar so‗zlashuv
tili hisoblanadi? Ikki tillilik qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda
yuzaga
keladi?
Bunga
o‗xshash
savollarga
javob
berish
sotsiolingvistikaning vazifasiga kiradi.
33
Demak, sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy
faoliyatidir. Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‗lgan jamiyatda
faoliyat ko‗rsatadi, shunga ko‗ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy
kontekstda o‗rganadigan fan deyish mumkin. Hozirgi kunda soha o‗z
oldiga qanday vazifalarni qo‗yadi? Bu haqida quyidagi fikrlar diqqatga
molikdir: ―O‗z mustaqilligiga erishgan davlatlarning o‗z milliy adabiy
tillarini yaratish, yozuvni asoslash, uni mukammallashtirish ishlari jadal
olib borilmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti, xalqaro savdo-sotiqning
kengayib borishi, bir tomondan, tillarda baynalmilal so‗zlar sonining
oshib borishiga sabab bo‗lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy tillar bilan
xalqaro til vazifasini o‗tayotgan tillar o‗rtasidagi to‗qnashuvlarga, til
chatishuvlariga (kreollashtirish, pijinlashtirish) sabab bo‗lmoqda. Bu
masalalar bilan ijtimoiy tilshunoslik shug‗ullanishi, mazkur
hodisalarning qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi zarur‖.
34
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning
predmetini qisqacha ―inson va jamiyat‖, deb belgilash mumkin hamda
ushbu soha bugungi kunda davr talabidan kelib chiqqan holda katta
odimlar bilan taraqqiy etayotgan soha ekanligini ta‘kidlab o‗tish zarur.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
33
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 9.
34
Алиқулов З., Боймирзаева С. Социолингвистика. –Самарқанд, 2010. –Б.75.
39
1.Tilning ijtimoiy mohiyati xususida allomalarimizning fikrlaridan
namuna keltiring.
2. ―Sotsiolingvistika‖ fani qachondan boshlab shakllangan?
3. ―Sotsiolingvistika‖ fanini rivojida kimlarning hissasi bor?
4. ―Sotsiolingvistika‖ atamasi kim tomonidan kiritilgan?
5. ―Sotsiolingvistika‖ fanining predmeti, obyekti, maqsad va
vazifalari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |