5
I BOB.
Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati
1-mavzu: Fan va uning paydo bo„lishi. Fan tushunchasi. Fanlar
sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o„rni
Reja:
1.Bilishning mohiyati. Bilish shakllari.
2. Fan tushunchasi. Fan va uning paydo bo‗lishi.
3.Fanlar sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‗rni.
Tayanch so„z va iboralar: Bilish, bilish shakllari, ilmiy bilish, f an,
fanlar sistemasi, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, tilshunoslik
1. Bilishning mohiyati. Bilish shakllari. Bilish insonning tabiat,
jamiyat va o‗zi to‗g‗risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy,
ma‘naviy faoliyat turidir. Inson o‗zini qurshab turgan atrof-muhit
to‗g‗risida bilim va tasavvurga ega bo‗lmay turib, faoliyatning biron-bir
turi bilan muvaffaqiyatli shug‗ullana olmaydi. Bilishning mahsuli,
natijasi ilm bo‗lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‗y
beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‗lgan ma‘naviy ehtiyoj,
hayotiy zaruryatdir. Insoniyat ko‗p asrlar davomida orttirgan bilimlarini
umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‗zi
uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi
muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil
qiladi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish
butun insoniyatga xos bo‗lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy
ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va
rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy
faoliyat bilan bevosita shug‗ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi
alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular – ilm-fan kishilari bo‗lib,
ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug‗ullanadilar. Bilim shakllari orqali
inson o‗zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar
yordamida o‗zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish
6
mumkin. Birinchi, moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini
ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma‘naviy (ideal) usul.
O‗z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot
va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‗zining har
xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‗zaro
bog‗liq bo‗lsa-da, lekin bir-biriga o‗xshamaydi va har biri o‗ziga xos
xususiyatlarga ega. N.Shermuxamedovaning ―Gnoseologiya – bilish
nazariyasi‖ kitobida bilish shakllarining eng asosiy turlari va ularning
mohiyati keltirib o‗tilgan.
2
Kundalik amaliy bilim. Bu bilim shakli tabiat
haqida, shuningdek odamlarning o‗zlari, ularning yashash sharoiti,
ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‗g‗risida elementar bilimlar beradi.
Kundalik amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli
hisoblanib, kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan.
Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‗lsa-da, biroq tartibsiz,
tarqoq xususiyatga ega bo‗ladi, ma‘lumotlar, qoidalar va shu kabilarning
oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U
sog‗lom fikr, e‘tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan
xulosalar, ularning an‘analar, rivoyatlar, o‗gitlar va hokazolarda
ifodalangan ko‗rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‗z
ichiga oladi. Mifologik bilim. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichida
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan bilim shakllaridan biri bo‗lib, u
borliqning fantastik in‘ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat,
koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari
va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So‗nggi vaqtda
mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‗yini emas,
balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun
imkoniyat yaratadigan dunyoni o‗ziga xos tarzda modellashtirish
ekanligi aniqlandi. Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan
uzviyligi, bilish obyekti va subyektini, predmet va belgini, narsa va
so‗zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq
farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek, butun
dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi
2
Shermuxamedova N. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. –T., 2008. –B.21-34.
7
hikoyalarga bog‗langan. Mif ibtidoiy odam tafakkurining tabiat
hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‗ziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadi. Falsafiy bilim. Falsafa, san‘at va din kabi, bilish
vazifalarini yechish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi
san‘at va din bilan uyg‗un holda – insonning dunyoda ma‘naviy mo‗ljal
olishiga ko‗maklashishdan iborat. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga
bo‗ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning ―birinchi‖ asoslari,
hodisalarning universal o‗zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va
qonunlari haqida tasavvurni shakllantiradi. Me‘yorlar va ideallar, ilmiy
bilimlar va san‘at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot
mazmunini anglash yo‗lidagi izlanishlari faylasufning dunyo qarashini,
falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa jamiyat ongi,
jamiyat madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur
tarzi, qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko‗rib chiqish
xususiyatini belgilaydigan madaniyat bilan uzviy bog‗liqdir. Falsafa
umuman dunyoga va madaniyat subyekti sifatidagi insonga murojaat
etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida tavsiflanadi.
Donishmandlik – dunyoni va insonning undagi o‗rnini yaxlit tushunish
andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun muhim bo‗lgan haqiqatlarning
tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimgan foydalanadi. Kant
falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi
eng so‗nggi maqsadlarini anglab yetishni tushuntirishga, bu bilimlarning
inson uchun ahamiyatini aniqlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Falsafa inson faoliyatini yo‗lga soluvchi tamoyillar, yondashuvlar,
qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o‗z-o‗ziga
munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi
obrazini yaratib, falsafa muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat
etadi. Etika, estetika, aksiologiya – falsafiy bilimning qadriyatlar
dunyosini o‗rganuvchi maxsus sohalardir. Falsafa san‘atda o‗zining
yorqin va ishonarli ifodasini topishi bejiz emas. Ko‗pgina faylasuflar
uning metaforalarga boy obrazli tilidan o‗z g‗oyalarini ifodalash uchun
foydalanadi. Falsafiy bilimning bosh maqsadi – insonni kundalik
tashvishlar sohasidan olib chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish
uyg‗otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, eng zamonaviy
8
qadriyatlar sari yo‗l ochishdir. Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-
texnikaviy va nazariy-ma‘naviy asoslarning uyg‗unlashishi uning
ongning betakror shakli sifatidagi o‗ziga xos xususiyatini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |