O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Ilmiy bilim. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‗zining aniqligi bilan 
ajralib turadi. U borliqni moddiy va obyektiv o‗rganishga qarab mo‗ljal 
oladi. Biroq bu olamning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlarini 
belgilashda, ilmiy ijodida rol o‗ynamaydi va uning natijalariga ta‘sir 
ko‗rsatmaydi degan ma‘noni anglatmaydi. Ilmiy bilim nafaqat 
o‗rganilayotgan obyektning o‗ziga xos xususiyatlari, balki ijtimoiy-
madaniy xususiyatga ega bo‗lgan ko‗p sonli omillar bilan ham 
belgilanadi. Bilishning eng oliy shakli fandir. Demak, har bir fan 
insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo 
bo‗ladi. Fanning asosi bo‗lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon 
mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz 
ham bu sohada o‗zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar. Dunyo 
allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo‗lgan Farobiy 
bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u ―Ilmlarning kelib chiqishli 
to‗g‗risida‖ (―Ixso al-ulum‖) asarida ilmlarni keltirib chiqaradigan 
sabablar haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: ―Olamda 
substansiya (javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va 
aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa 
yo‗qdir‖.
3
Forobiyning javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish 
nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va 
uning unsurlari javhar va orazlarning o‗zaro dialektik munosabatidan 
tashkil topgandir. Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida 
nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga 
ta‘sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin 
bo‗lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani 
bildiradi. Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari 
yordamida his etamiz. Xususan, rang ko‗rish sezgi organi orqali; ovoz 
eshitish organi orqali; maza-ta‘m maza sezgi organi orqali, 
predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi 
orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi. Bu sezgi organlari insondan 
3
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. –Тошкент, 1983. –Б.151. 



tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi 
organlari barcha jonzodlarga xos. Ular orqali har qanday jonzod o‗zini 
qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi. Insonning sezgi 
organlari yordamida hosil qilgan bilimi hissiy yoki amaliy bilim 
sanaladi. Bulardan tashqari inson xayol surish, nutq yordamida ham 
bilimga ega bo‗lishi mumkin. Bilishning bu yo‗li quvvai notiqa va 
quvvai mutaxayila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning 
(sezgilarning) yetakchisi, raisasidir. Hissiy bilim bilishning asosi, 
tayanch nuqtasi sanaladi. U insonni qurshab turgan olam uzvlaridan har 
birini alohida ko‗rish, ushlash, eshitish, mazasini tatish, hidlash orqali 
hosil qilinadi. Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa 
ham, lekin u ko‗pincha aldab qo‗yishi mumkin. Masalan, Quyosh Yer 
atrofida aylanayotganday ko‗rinadi. Aslida esa aksincha. Shuning uchun 
bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. 
Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, 
hissiy bilimlarning hosil bo‗lishiga asos bo‗lgan orazlar (aksidensiyalar) 
zamirida yashiringan mohiyatni-jovharni aniqlash orqali hosil qilinadi. 
Masalan, tanada isitmaning ko‗tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. 
Lekin har qanday harorat o‗z-o‗zidan ko‗tarilmaydi. Uning ma‘lum 
ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o‗xshash, u bilan 
bog‗liq bo‗lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, 
umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning tashqi 
alomati 
ekanligi 
aniqlanadi. 
Solishtirish, 
qiuoslash, 
mantiqiy 
umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim 
sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har 
qanday fan ana shu bilimlarni keltirib chiqaradi. Bundan ko‗rinadiki, 
hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi 
sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o‗zaro 
munosabatini o‗rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu 
bilimga ega bo‗lish har qanday fanning bosh maqsadi sanaladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin