O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Fan tushunchasi. Fan va uning paydo bo„lishi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
2. Fan tushunchasi. Fan va uning paydo bo„lishi. Fan amaliy 
faoliyat predmetlarning (boshlang‗ich holatdagi obyektning) tegishli 
mahsulotlarga (pirovard holatdagi obyektga) aylanish jarayonini 
oldindan ko‗ra bilishni o‗z oldiga pirovard maqsad qilib qo‗yadi. Bu 


10 
o‗zgarish har doim obyektlarning o‗zgarish va rivojlanish qonunlari 
bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo‗lgan taqdirdagina 
muvaffaqqiyatli bo‗lishi mumkin. Shu sababli fanning asosiy vazifasi 
obyektlarning o‗zgarish va rivojlanish qonunlarini aniqlashdan iborat. 
Fanning bevosita maqsadi o‗zining o‗rganish predmeti hisoblangan 
voqelikning jarayon va hodisalarni ta‘riflash, tushuntirish, oldindan 
aytib berishdir. O‗zbek tilining izohli lug‗atida fan tushunchasi haqida 
quyidagicha izoh beriladi: Fan [a] ―Tabiat va jamiyatning taraqqiyot 
qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi bilimlar sistemasi‖. Fan asoslari. Fan yutuqlari. Shunday 
bilimlar sistemasining alohida tarmog‗i. Aniq fanlar. Ijtimoiy fanlar. 
Tabiiy fanlar. Fizika fani. 
4
Inson paydo bo‗libdiki, o‗zini qurshab 
turgan olamni va shu olamning tarkibiy qismi bo‗lgan o‗zini ham 
bilishga qiziqib keladi. Shuning uchun fanning ilk kurtaklari mifologiya 
sifatida kishilik jamiyatning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq holda 
maydonga kelgan, deyishimiz mumkin. Dastlabki bilimlar amaliy 
xarakterga ega bo‗lgan. Keyinchalik qadimgi Sharq mamlakatlari va 
Yunonistonda tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini amaliy 
asosda kuzatib, bashorat qiluvchi maxsus kishilar –mutafakkirlar 
yetishib chiqqan. Mifologiya fanga o‗tish bo‗sag‗asida ma‘lum bosqich 
vazifasini bajargan bo‗lsa, rivojlanish davom etishi bilan mifologiya 
o‗rnini naturfalsafa egallagan. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa 
qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni gohi 
birgalikda, gohi ayri ravishda bayon etishga urina boshlaganlar. Dunyoni 
bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‗lgan. 
Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan dastlabki 
nazariy sistemalar yaratilgan. Keyinchalik yangi davr deb ataluvchi 
zamonda fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim 
tarmog‗i va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16-17-asrlarda 
klassik fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga 
ko‗tarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yo‗l 
ochib berdi. Ayrim alohida narsalar orasida juda katta miqdorda tabiiy 
4
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II томлик, 2-том. –М.: Рус тили, 1981. –Б.294. 


11 
o‗zaro bog‗lanishlar mavjudligi ilm-fanning alohida yo‗nalishlarga 
ajralishiga sabab bo‗ldi. 
Fanlarning kelib chiqishli haqida bir qancha fikr-mulohaza, 
ma‘lumotlar berilgan. Bu fikrlar orasida Abu Nasr Forobiy tomonidan 
berilgan ma‘lumot e‘tiborga molikdir. Uning fikricha, har bir fan javhar 
(substansiya) va oraz (aksidensiya)larni o‗rganish asosida kelib chiqadi. 
Xususan, sonlar to‗g‗risidagi ilmning paydo bo‗lishi haqida 
quyidagilarni yozadi: ―...birliklardan vujudga keluvchi sanoqsiz va juda 
ko‗p miqdorni tashkil qiluvchi son substansiyaning turli usullar bilan 
qismlarga ajratish va uning turli birliklardan iboratligi natijasida kelib 
chiqqandir. Substansiya o‗z tabiati jihatidan cheksiz darajada 
bo‗laklarga ajratib keta olishligi sababli, son ham o‗z tabiati jihatidan 
cheksizdir. Son to‗g‗risidagi ilm – bu substansiya bo‗laklarini bir-biriga 
ko‗paytirish, birini ikkinchisiga bo‗lish, birini ikkinchisiga qo‗shish, 
birini ikkinchidan ayirish, agarda bu bo‗laklarning negizi bo‗lsa, 
negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga qaratilgan ilmdir. 
Sonning qanday kelib chiqqanligi, uning vujudga kelishi va ko‗payishi, 
uni u mavjudlik darajasiga olib kelgan, imkoniyatdan voqelikka hamda 
yo‗qlikdan borliqqa aylantirgan sabab nimadan iborat ekanligi yuqorida 
aytilganlardan aniq ko‗rinib turibdi. Bu ilmni yunon donishmandlari 
arifmetika deb ataydilar‖.
5
Substansiyaning ko‗p bo‗laklarga ajrala 
boshlashi va ulardan har birining ma‘lum figuralarga (uchburchak, 
to‗rtburchak va h. k) ega bo‗lishi figuralarni o‗rganadigan ilmga ehtiyoj 
tug‗dirdi. Ana shu ehtiyoj tufayli geometriya fani vujudga keldi. 
Substansiyaning harakatchanligi ta‘kidlanishi bilan birga, osmon 
harakatini o‗rganuvchi ilm vujudga kelganligini aytadi. Bu ilm oldingi 
ikki ilm: arifmetika va geometriyaga asoslanishi, bu ilmlarsiz mavjud 
bo‗lmasligi ta‘kidlanadi va bu ilmning nomi astronomiya ekanligini 
yozadi. Substansiya harakatdan tashqari ovozga ham ega bo‗lishi va bu 
belgini o‗rganuvchi musiqa fani vujudga kelganligini aytadi. 
Substansiya qizarish-oqarish, uzayish-torayish, ko‗payish-kamayish, 
tug‗ilish-o‗lish, kasallanish-sog‗ayish kabi belgilarga ham ega bo‗ladi. 
5
Aбу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1983. –Б.174-175. 


12 
Substansiyaning bunday o‗zgarishlarini o‗rganishga ehtiyoj tufayli tabiat 
to‗g‗risidagi fan paydo bo‗lganligini bayon qiladi. Bulardan so‗ng 
ilohiyot ilmining, undan keyin til haqidagi ilm va grammatikaning, 
shuningdek, mantiq va poetikaning qanday amaliy ehtiyoj bilan vujudga 
kelganini asosli dalillar bilan ko‗rsatib beradi. Ilohiyot ilmi haqida fikr 
yuritar ekan, ―bu ilmning tabiatdan yuqori turgan ilm - metafizika ilmi‖ 
ekanligi va u barcha ilmlarning yakuni va oxiri ekanligi, undan so‗ng 
biror narsani tekshirishga zaruriyat qolmasligi aytiladi. Ko‗rinadiki, 
barcha fanlar obyektiv borliqdagi javhar (substansiya) va uning orazlari 
(aksidensiyalari)ni o‗rganish asosida vujudga kelganligi ta‘kidlanadi va 
til haqidagi ilm bilan grammatika fanlar ichida alohida o‗rin tutishi 
ko‗rsatiladi. Bu fikrlar bundan ming yillar oldin bayon qilingan bo‗lsa 
ham, lekin hanuzgacha o‗z qimmatini yo‗qotgani yo‗q. 
Hozirgi kunda ilm-fanning ko‗pgina sohalari bizga ma‘lum. Tabiiy 
fanlar atrofimizni qurshab turgan narsalar va hodisalarni o‗rganadi. 
Ijtimoiy fanlar esa inson hayoti va faoliyatini o‗zi uchun bosh tadqiqot 
masalasi deb biladi. Bu ilm-fan sohalari poydevor, asos, ya‘ni ular sof 
ilmdir. Ular narsalar mohiyatini o‗rganadi va ilmiy qonuniyat-qoidalarni 
yaratadi. Amaliy fanlar bu anglangan mohiyat va ilmiy qonun-qoidalarni
inson faoliyatining turli sohalariga tatbiq etadi. Dorishunoslik, tibbiyot, 
qurilish muhandisligi va boshqa ko‗pgina sohalar amaliy fanlar turiga 
mansub. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin