22
tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir.
Tilshunoslik
nazariyasiga oid manbalarda tilshunoslikning mantiq fani bilan aloqasi
haqida quyidagicha fikrlar bildiriladi: ―Til – fikr ifodalash quroli. Fikr
esa mantiqda o‗rganiladi. Grammatikaning kategoriyalari mantiq
kategoriyalarini ifodalaydi. Shunday ekan, grammatika va mantiq
o‗rtasida ham bog‗liqlik bo‗lishi kerak‖.
15
Mantiq faniga oid
darsliklarda bu aloqadorlik haqida quyidagi fikrlar keltiriladi: ―Fikrda
ifoda qilinayotgan obyekt hamma vaqt ham unda chin fikr ko‗rinishida
aks etmasligi mumkin. Uning sababi shundaki,
fikrning chinligi
muayyan darajada uni aks ettirayotgan til ifodasiga bog‗liq. Bu holat
mantiqning lingvistika bilan aloqador ekanligini ko‗rsatadi. Mantiq
mulohazalar implikatsiyasi bilan ish ko‗rar ekan, u bevosita fizikaviy
yoki tarixiy hodisalar bilan bog‗liq emas. U faqat so‗zlar bilan ish
ko‗radi. Va ana shuning uchun ham asosiy e‘tiborini so‗zning ma‘no-
mazmuniga qaratadi. Bunday bo‗lishi tabiiy holdir‖.
16
Mantiq (logika) eng qadimgi fanlardan biri bo‗lib, uning asoschisi
yunon faylasufi Aristoteldir. Logika (Logos) termini grek tilida ―fikr‖,
―so‗z‖, ―aql‖, ―qonuniyat‖ kabi ma‘nolarni ifodalaydi. Mantiq (logika)
atamasi quyidagi ma‘nolarda qo‗llanadi: birinchidan, obyektiv olam
qonuniyatlarini ifodalashda (masalan, ―obyektiv mantiq‖, ―narsalar
mantig‗i‖
kabi iboralarda; ikkinchidan, har bir insonning o‗ziga xos
tafakkurlash usulini, fikrlar o‗rtasidagi aloqadorlikni anglatishda
(masalan, ―subyektiv mantiq‖ iborasida) va uchinchidan, tafakkur
shakllari va qonunlarini o‗rganuvchi fan ma‘nosida. Mantiq ilmining
o‗rganish obyektini tafakkur tashkil etadi.
17
―Tafakkur‖ so‗zi arabcha
so‗z bo‗lib, o‗zbek tilidagi ―fikrlash‖, ―aqliy bilish‖ so‗zlariga teng
ma‘noli tushuncha sifatida qo‗llaniladi va ―O‗zbek
tilining izohli
lug‗ati‖da: ―Tafakkur [a] - obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha
va muhokamadagi faol in‘ikosi jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati,
fikrlash‖, – deb ta‘riflanadi.
18
Tafakkur bilishning yuqori bosqichi -
15
Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. –Тошкент: Ўқитувчи, 1979.–Б.10.
16
Файзихўжаева Д. Мантиқ.Дарслик. –Тошкент, 2017. –Б.14.
17
Файзихўжаева Д. Мантиқ. (Ўқув-услубий қўлланма) –Тошкент, 2011. –Б.7.
18
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II томлик, 2-том. –М.: Рус тили, 1981. –Б.133.
23
ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bo‗lib, unda predmet va
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‗rtasidagi
ichki,
zaruriy aloqalar, ya‘ni qonuniy bog‗lanishlar aks ettiriladi.
Manbalarda aqliy bilish, tafakkurlashning quyidagi asosiy xususiyatlari
tilga olinadi:
1. Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda
in‘ikos qilinadi. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‗rtasidagi
munosabatlar va bog‗lanish usullarini o‗rnatishni taqozo etadi. Turli xil
predmetlar fikrlash jarayonida o‗xshash va muhim belgilariga ko‗ra
sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish,
ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‗iladi.
Masalan, ―o‗simlik‖ tushunchasida barcha o‗simliklar bitta mantiqiy
sinfga birlashtirilib, ularga xos muhim, umumiy xususiyatlar (masalan,
hujayradan tashkil topganligi) bilib olinadi.
2. Tafakkurda mavjud bilimlarga tayangan
holda yangi bilimlar
hosil qilinishi mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosa
chiqarishda aniq namoyon bo‗ladi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar
o‗rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, ob-havoning o‗zgarishiga
qarab olinadigan hosil miqdori haqida fikr yuritish mumkin. Demak,
tafakkurda borliq nafaqat bevosita, balki bilvosita ham aks eta oladi.
3. Tafakkur insonning ijodiy, konstruktiv faoliyatidan iborat. Bilish
jarayoni borliqda real mavjud bo‗lmagan narsalarni fikrda yaratish,
tushunchalarni shakllantirish, turli xil formal
sistemalarni qurish orqali
amalga oshadi. Natijada predmet va hodisalarning eng murakkab
xususiyatlarini o‗rganish, hodisalarni oldindan ko‗rish, bashoratlar qilish
imkoniyati vujudga keladi.
4. Tafakkur til bilan uzviy bog‗liqdir. Fikr ideal hodisadir. U faqat
tilda – moddiy hodisada (tovush to‗lqinlari, grafik chiziqlari, qo‗l
harakatlarida) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan,
his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‗zaro fikr almashish
vositasiga aylanadi.
19
19
Файзихўжаева Д. Мантиқ. (Ўқув-услубий қўлланма) –Тошкент, 2011. –Б.7-8.