16
2-mavzu: Tilshunoslik va falsafa. Kognitiv tilshunoslik
Reja:
1.Tilshunoslik va falsafa. Tilshunoslikda falsafa kategoriyalarining
voqelanishi.
2.Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik
fanining maqsadi va
vazifalari.
Tayanch so„z va iboralar: bilish, falsafa, nazariy falsafa,
I.Kant, falsafiy yo‟nalish, tadqiqot metodologiyasi, Vilgelm Gumboldt,
Gegel, kognitiv tilshunoslik.
1.Tilshunoslik
va
falsafa.
Tilshunoslikda
falsafa
kategoriyalarining voqelanishi. Ijtimoiy fanlar tarkibiga falsafa,
mantiq, iqtisodiy nazariya, pedagogika, psixologiya, tarix, adabiyot kabi
bir qancha fanlar kiradi.Tilshunoslik ham ijtimoiy fanlar sistemasiga
mansub bo‗lib, bu sistema tarkibidagi barcha fanlar bilan muayyan
munosabatdadir.
Shuningdek, tilshunoslik falsafa fani bilan uzviy
bog‗liqdir. Chunki falsafa insonning o‗z mohiyatini anglashi, borliqning
turli sohalariga oid hodisa va voqealar haqida ularning tub mohiyatini
ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demak. Falsafiy tafakkur
olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o‗zaro bog‗liqlikda
va rivojlanishda o‗rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to‗laroq
bilishdir. Falsafaning markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi.
Til ham borliqdagi kishilarning aloqa vositasi sifatida inson bilimiga
beriladi.
Shunday ekan,
har qanday fan, jumladan, tilshunoslik ham
falsafa bilan uzviy bog‗lanadi.
―Falsafa‖ atamasi qadimgi yunon tilidagi ―filosofiya‖ so
„zidan
olingan bo
„lib lug
„aviy ma‘noda ―
donishmandlikni sevish” (―
phileo‖-
sevaman, ―
sopia” - donolik) degan mazmunni anglatadi. Bu so‗z dastlab
taxminan eramizdan oldingi VI asrda yashagan taniqli matematik olim
Pifagor tomonidan ishlatilgan va Yevropa madaniyatiga qadimgi yunon
faylasufi Aflotun (mil.avv.427-347 y.) asarlari orqali kirib kelgan. Abu
Nasr Forobiy ―Falsafaning ma‘nosi va kelib chiqishi haqida‖ nomli
asarida ―falsafa‖ atamasi yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi.
17
Demak, ―falsafa‖ va ―filosofiya‖ atamalari bir xil ma‘noga ega bo‗lib,
uning kelib chiqishi qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Ular barcha ilm-
amal sohalarini filosofiya deb atashgan va ―barcha fanlarning otasi‖
sifatida e‘tirof etishgan.
Tilshunoslik fani XIX asrda mustaqil fan sifatida falsafadan ajralib
chiqqan. Biroq barcha fanlar kabi tilshunoslik uchun ham u yoki bu
falsafiy yo‗nalish tadqiqot metodologiyasi bo‗lib xizmat qiladi.
Tilshunosning o‗z tadqiqoti yuzasidan
qanday xulosaga kelishi, ilmiy
haqiqatni qay darajada obyektiv ochib berishi uning qanday falsafiy
yo‗nalishga asoslanishiga bog‗liq. Shuning uchun har bir tilshunos
muayyan falsafiy yo‗nalishga asoslanmog‗i lozim.
Masalan, G‗arbiy Yevropada umumiy tilshunoslikning otasi
hisoblanuvchi Vilgelm Gumboldt tadqiqotlari uchun I.Kant va Gegel
falsafasi metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. Mashhur nemis faylasufi
A.Gegelning ―Ruh fenomenologiyasi‖ asarida
bayon qilingan mutloq
ruh haqidagi g‗oyasi ham V.Gumboldtga katta ta‘sir qildi. Gegelning
fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati bo‗lgan va bu ayniyat
dunyoning substansional (zotiy) asosini tashkil etgan. Tafakkur faqat
subyektiv inson faoliyatigina emas, balki obyektiv mohiyat,
barcha
mavjudotning birlamchi manbai bo‗lgan. Tafakkur modda, tabiat holida
o‗zini ―begonalashtiradi‖, ―absolyut g‗oya‖ning oliy taraqqiyot bosqichi
―absolyut ruh‖, ya‘ni insoniyat, insoniyat tarixi sanaladi. Gegelning bu
g‗oyasi ta‘sirida V.Gumboldt tilning ―xalq ruhi‖ deb ifodalaydi.
O‗zbek tilshunosligida qanday ta‘limot metodologik asos qilib
olingan? Bu savolga olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltiramiz:
―Istiqlol qo‗lga kiritilgandan so‗ng milliy madaniyatimiz, milliy
an‘analarimiz, boy ma‘naviyatimizni tiklashga jiddiy e‘tibor berila
boshlandi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqotlarning kompasi vazifasini
bajaruvchi metodologik asosni ham qayta ko‗rib chiqish payti keldi.
Bizning mafkuramiz fikrlar xilma-xilligi, erkin fikrlashga keng yo‗l
ochgan mamlakatimiz istiqloliga xizmat qiladigan g‗oyalar tizimidan
iborat bo‗lishi kerak. Chunki fikrlar xilma-xilligi rivojlanish asosidir.
Shuning uchun birorta falsafiy sistema bizning yagona mafkuramiz
manbai bo‗lolmaydi. Ajdodlarimiz uchun ulkan kashfiyotlar qilish
18
imkoniyatini yaratib bergan va G‗arb fanining ravnaqi uchun ham jiddiy
ta‘sir ko‗rsatgan metodologiyani tiklash va undan o‗rinli
foydalanish
payti keldi. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy
qo‗llagan tadqiqot metodologiyasi bilan Ovrupo olimlari tayangan
falsafiy asoslarning eng yaxshi jihatlaridan ijodiy foydalanish lozim‖.
7
Ularning umumiy jihatlari quyidagilar:
1) obyektga substansional (zotiy) yondashuv. Bunda umumiylik-
xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasini hisobga
olish;
2) obyektning ziddiyatli tabiatini ochish. Har qaysi tadqiqot obyekti
ichki ziddiyatlardan iboratligini, ana shu ziddiyatlar obyektning uzluksiz
rivojlanishi asosi ekanini ko‗rsatish;
3) obyektning sistemaviy xususiyatini yoritish. Buning uchun har
qaysi obyekt muayyan katta butunlikning uzviy bir bo‗lagi ekani, ayni
paytda, u muayyan ichki unsurlarning o‗zaro
munosabatidan tashkil
topgan yaxlitlik ekanini namoyon qilish;
4) shakl va mazmun dialektikasini e‘tiborga olish. Ularning o‗zaro
munosabatini yoritish;
5) teng qimmatli elementlar o‗rtasida va turli qimmatli birliklar
(butun bilan bo‗lak, tur bilan jins) o‗rtasidagi munosabat turlarini
yoritish va h.k.
2.
Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik fanining maqsadi
Dostları ilə paylaş: