O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Avtomatik tahrirlash – matnli ma‘lumotlarni tuzish, qayta ishlash 
va tahrir qilish kabi masalalar bilan shug‗ullanuvchi yo‗nalish. Bu 
yo‗nalishda ham bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud bo‗lgan 
avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar ishlab chiqilgan. Ular ruscha 
matnlarni tahrirlab, noto‗g‗ri yozilgan so‗zlarning tagiga qizil chiziq 
chiziladi, so‗z to‗g‗ri yozilganidan so‗ng chiziq yo‗qoladi. Dasturlar, 
asosan, 
imloni 
tekshirishga 
mo‗ljallangan. 
Ushbu 
yo‗nalishda 
R.R.Kotov, V.B.Britvin, I.A.Melchuk, A.B.Kuznetsov, I.S.Duganovlar 
samarali tadqiqot olib borganlar.
Kodlash va dekodlash - informatsiyani mashina (kompyuter) 
tushunadigan tilga o‗tkazish va bunga teskari bo‗lgan kompyuter 
tushunadigan tildan inson tushunadigan tilga aylantirish jarayoni. 
Kompyuterli modellashtirish - bugungi kunda barcha fanlarda, 
xususan, kompyuter lingvistikasida ham samarali metod hisoblanadi. 
Kompyuter modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 
 
masalaning 
qo‗yilishi, 
modellashtirish 
obyektining 
aniqlashtirilishi; 
 
konseptual (tushunchaviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, 
tizim asosiy unsurlarining ajratib olinishi; 
 
formalizatsiya, ya‘ni matematik model bosqichi; algoritm 
yaratilishi hamda dastur ishlanishi; 
 
kompyuter eksperimentlarini o‗tkazish; 
 
natijalar tahlili va talqini. 
Sun‘iy intellekt tizimi doirasidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert 
tizimlari, neyron tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar – 
barchasi kompyuter modellashtirish natijasi hisoblanadi. 


152 
Sun‟iy intellekt – intellektual mashinalar, intellektual kompyuter 
dasturlar yaratish texnologiyasi va bu haqidagi fan. Intellektual sistema 
strukturasi 3 asosiy blokni o‗z ichiga oladi: bilimlar bazasi, masalani 
yechuvchi tizim va intellektual interfeys. Sun‘iy intellekt insondagi 
intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi emas, balki inson 
intellektual faoliyatining ko‗plab qirralarini o‗z ichiga olgan, 
modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma‘noda 
―artificial intelligence‖ terminini birinchi marta Jon Makkarti 1956-yilda 
Darmut universitetidagi konferensiyada qo‗lladi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin