Sotsiolingvistika – tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‗lgan
ijtimoiy sharoitlar bilan bog‗liqligini o‗rganadigan sohasi. Ijtimoiy
sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar
majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu
jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi,
madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari,
shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‗liq nutqiy muomalasidagi
farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi
roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiyalari, ijtimoiy omillarning
tilga bo‗lgan ta‘sir mexanizmi bilan bog‗liq masalalarni o‗rganadigan
tilshunoslik sohasidir.
Fan – tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib
beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta‘sir ko‗rsatuvchi bilimlar sistemasi.
Hissiy bilim – insonning sezgi organlari yordamida hosil qilgan
bilimi
Idrokiy bilim – amaliy bilimlarning o‗zaro munosabatini
o‗rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi, mazkur bilimga ega
bo‗lish har qanday fanning bosh maqsadi sanaladi.
Sistema – muayyan ichki tuzilishga ega bo‗lib, bir-birini taqozo
etuvchi ikki va undan ortiq unsurlarning o‗zaro shartlangan
munosabatidan tashkil topgan butunlikdir. Til – jamiyatning aloqa-aralashuv ehtiyojini qondirish talabi bilan
yuzaga kelgan va ana shu jamiyatning taqdiri, tarixiy taraqqiyoti,
turmush tarzi, madaniyati va hokazolar bilan bog‗liq ravishda
rivojlanadi.
Logopediya – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta‘lim va tarbiya
vositasida nutq buzilishlarini o‗rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi
pedagogik fandir. ―Logopediya‖ termini grekcha logos (so‗z, nutq),
peydeo (tarbiyalayman, o‗qitaman) so‗zlardan tashkil topgan bo‗lib,
tarjimada to‗g‗ri ―nutqni tarbiyalash‖ ma‘nosini anglatadi.