144
Kod –
muloqot vositasi bo‗lib, u tabiiy tillar (o‗zbek, rus, ingliz va
h.k.) hamda sun‘iy tillar: esperanto yoki zamonaviy mashina tillari,
morze alifbosi, turli signallar va boshqalarni o‗z ichiga oladi.
Kommunikativ shaxs – real kommunikatsiyada
real harakat
qiladigan aniq kommunikativ aktning aniq ishtirokchisidir.
Lakuna (lot. lacuna
―bo‗shliq, chuqurlik, cho‗nqir joy‖; frans.
lacune ―bo‗shliq, bo‗sh joy‖) –
biron xalqning maishiy, madaniy,
ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona
bo‗lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‗lmagan so‗z va so‗z birikmalari.
Lakunalar qiyoslanayotgan tillarda o‗xshashi bo‗lmagan so‗zlar bo‗lib,
ular, asosan, tillarning qiyosida seziladi.
Lisoniy faollik (linguistic performance) tushunchasi ham
N.Xomskiy tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. N.Xomskiy
lisoniy
faollikni psixologiya sohasiga aloqador qildi va uni til egasi tomonidan
yaratiladigan ifodalar sifatida izohladi. N.Xomskiy
lisoniy faollikni
―aniq sharoitlarda tilning kundalik qo‗llanishi‖, - deb tushuntiradi.
Lisoniy faollik
nutqiy faoliyatda lisoniy qobiliyatni amalga oshirishda
yuz beradigan jarayondir. Ya‘ni lisoniy faollik ona tilini o‗zlashtirgan
kishi egallagan til bilimlarini amalda qo‗llay olishidir.
Dostları ilə paylaş: